So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  2 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  4 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  14 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  21 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

Dunyoning eng kuchli 10 nafar super darvozabonlari Yangiliklar

Dunyoning eng kuchli 10 nafar super darvozabonlari

Ayni damda o'z reakciyasi, vaziyatni oldindan sezish qobiliyatlari bilan mashhur bo'lgan dunyoning eng kuchli 10 nafar darvozabonlarini etiboringizga havola qilamiz.

So'nggi paytlarda klublar darvozabonni yanada ko'proq qadrlay boshlashdi. 2018 yilning yozida darvozabonlarning rekord transferi ikki martta yangilandi. Avvaliga "Liverpul" Alissonni sotib oldi, keyin esa "CHelsi" 72 mln. funt evaziga Kepa Arrisabalagani xarid qildi.


Futbol olamidagilarning aytishicha, yaxshi darvozabon jamoaga bir necha ochko olib berishi mumkin va ro'yxatimizdagi 10 nafar posbon buni isbotlay oladi.


10. Manuel Noyer ("Bavariya")

Manuel Noyer hozir ro'yxatimizning cho'qqisida bo'lishi mumkin edi, ammo so'nggi ikki yil u jarohatlardan azob chekdi. O'tgan yozdagi jahon chempionati uning obro'siga putur etkazdi. Nemislar darvozabon xatosi tufayli Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib, musobaqani guruh bosqichida yakunladi.

Keyin Noyer "Bavariya" darvozasiga qaytib, Germaniya chempioniga aylandi, ammo navbatdagi jarohat tufayli u sovrinni o'zi istagandek nishonlay olmadi.



9. Kepa Arrisabalaga ("CHelsi")

O'tgan yozda Kepa Arrisabalagani Ispaniyadan tashqarida juda kamchilik tanir edi. Ammo "CHelsi" to'lagan rekord mablag' uning formasiga tasir qilmadi va 23 yoshli darvozabon to'langan pullarga arzishini ko'rsatib qo'ydi.

"Atletik" sobiq futbolchisi Londonga tez ko'nikdi va 2018/19 mavsumda Mauricio Sarri qo'l ostida bor-yo'g'i 2ta bahsda maydonga tushmadi. Bu vaqt ichida u 14ta uchrashuvda darvozasini "quruq" saqlab qoldi.

Faqat bitta voqea uning obro'siga salbiy tasir qildi: "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finalida u zaxiraga chiqishni xohlamadi. Natijada "CHelsi" penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.


8. Samir Xandanovich ("Inter")

Samir Xandanovich uzoq vaqt A Seriyada Janluji Buffon soyasida qolib ketdi. U nolimadi va ishonchli o'yin ko'rsatishda davom etdi. Barqaror o'yin - sloveniyalikni tasvirlash mumkin bo'lgan yagona so'z. U 35 yosh bo'lishiga qaramasdan o'sishda va o'zgarishda davom etmoqda: Xandanovich Luchano Spalletti qo'l ostida o'z uslubini o'zgartira oldi.

Samir 2015 yilda terma jamoadan ketganidan so'ng, uning o'rnini Yan Oblak egalladi, ammo klub darajasida u "Inter" yulduzi bo'lib qolmoqda. Klub va posbon o'rtasidagi bitim 2021 yilda yakuniga etadi.


7. Ugo Loris ("Tottenxem")

"Tottenxem" muxlislari klub posbonini tanqid qilishni yaxshi ko'rishadi, ammo Ugo Loris ajoyib seyvlarga qodir kuchli darvozabon ekanligini tan olishadi. APLda u eng yaxshilardan biri.

Franciyalik bazida kutilmagan ishlarga qo'l urib turadi. Loris o'tgan yili jahon chempionati finalida qilgan ishini eslang.



6. Tibo Kurtua ("Real")

Ayni damda Kurtuaning ishlari yaxshi emas. "Real" posboni LaLiganing joriy mavsumdagi barcha uchrashuvlarida gol o'tkazib yubormoqda. Ammo u xotirjam va o'z ishini yuqori darajada bajaradigan darvozabonlar safiga kiradi.


Belgiyalik kam xato qiladi. Kurtua - har bir himoyachining orzusi. U ikki mamlakatda chempion bo'lishga ulgurdi.

Uning faoliyatidagi yoqimsiz on - "Real"dagi birinchi mavsumi. Hozircha u ko'pchilikni hayron qoldira olmayapti. Biroq Kurtua kuchli darvozaboni va buni joriy mavsum isbotlashi kerak.


5. Ederson ("Manchester Siti")

Qisqa vaqt ichida bunchalik tez o'sishga erishgan posbonni eslay olmayman. Braziliyalik 2017 yilda yulduzga aylanib, uning 40 mln.lik transferi haqida bo'lmag'ur gaplarni aytgan tahlilchilarni jim bo'lishga majbur qildi.

Ederson "Siti"ga o'tishdan oldin "Benfika"dagi so'nggi mavsumini juda yaxshi o'tkazdi va o'z hisobiga 17ta "quruq" o'yin yozib qo'ydi. Manchesterda u Klaudio Bravo joyini egallashga muvaffaq bo'ldi.

"SHaharliklar" Ederson bilan kuchayishda davom etmoqda. Braziliyalik posbon Gvardiola umid qilganidan ham yaxshiroq bo'lib chiqdi.


4. David de Xea ("Manchester Yunayted")

De Xeani dunyoning eng yaxshi posboni deydiganlar ko'p va ular bilan bahslashish qiyin.

Ser Aleks ketganidan so'ng ispaniyalik posbon jamoadagi yagona barqaror o'yin ko'rsatadigan futbolchi bo'ldi. Ketma-ket uch mavsum u yil futbolchisi deb topildi. Faqatgina o'tgan mavsumdagi kichik omadsizliklar uning o'yinga salbiy tasir ko'rsatdi.

De Xea so'nggi etti mavsumda besh marotaba Premer-liganing ramziy jamoasidan joy oldi. 2013 yildan beri yil seyvi sovrinini 5 marta qo'lga kiritdi.

David ajoyib seyvlar ijro etib, uzoq vaqt barqaror o'yin ko'rsatishga qodir.


3. Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona")

Mark-Andre ter SHtegen faoliyatida bir nechta shov-shuvli xatolar ro'y bergan, ammo u "Barselona"da dunyoning eng kuchli posbonlaridan biriga aylandi. 2018 yildagi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi darvozasini aynan u qo'riqlashi kerak edi.

Menxengladbax "Borussiya"sining sobiq posboni o'sishda davom etyapti va "Barselona" safidagi eng yaxshilardan biriga aylandi. U bor-yo'g'i 27 yoshda va uning eng yaxshi yillari hali oldinda. Noyer faoliyatini yakunlaganida Manuel o'rnini ter SHtegen egallaydi.


2. Alisson ("Liverpul")

Alisson shunchalik kuchli darvozabonki, u terma jamoada Edersnni zaxiraga "mixlab" qo'ydi. "Roma" 2017/18 mavsumda CHL yarim finaligacha etib borganida uni hamma oliqshlay boshladi. 67 mln. funt evaziga "Liverpul"ga o'tish ko'pchilikni hayron qoldirdi, ammo... Alisson Klopp kollektividagi etishmayotgan pazzlligi isbotlandi. Bu jamoa CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi.


1. Yan Oblak ("Atletiko")

Sloveniyalik ro'yxatimizning cho'qqisiga 26 yoshda chiqishga muvaffaq bo'ldi - ajoyib natija. Etakchilik qobiliyati, olib bo'lmas zarbalarni qaytarish - u hamma narsaga qodir. Oblak 178ta uchrashuvning 100tasida darvozasini "quruq" saqlashga muvaffaq bo'ldi. Oblak - to'rt karra LaLiganing eng yaxshi darvozaboni sovrini g'olibi.

Ishonch bilan uni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deya olamiz. Sloveniyalik bu joyni uzoq vaqt saqlab qoladi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика