So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  16 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Dris Mertens - shunchaki avliyo Yangiliklar

Dris Mertens - shunchaki avliyo

Teglar :  NapoliDris Mertens
“Napoli” to'purari jamoa muxlislariga faqatgina maydonda xursandchilik ulashmaydi. Aksincha, Dris maydon tashqarisida ham muxlislariga o'zgacha quvonch taqdim etadi.

Avliyo CHiro

Katta ehtimol bilan ko'pchilik Dris Mertensga neapollik muxlislar tomonidan berilgan CHiro taxallusi bor ekanligini bilmasa kerak. Mahalliy aholi Drisni Avliyo CHiro — barcha bemorlarini bepul davolagan jafokash shifokor nomiga atab, shunday chaqiradi.

Gap shundaki, qahramonimiz Neapoldagi ko'plab kasalxonalarga tez-tez tashrif buyurishni o'ziga odat qilib olgan. U og'ir ahvoldagi bemorlarni imkon qadar saqlab qolish uchun, ularga yordam berish maqsadida shifoxonalarga oshiqadi.

SHahardagi onkologiya bo'limida og'ir kasallik bilan kurashayotgan bemor qiz Avroraning oldiga Dris kelgandagi holatni tasavvur qilib ko'ring-a! Ishonasizmi, Dris Avrorani xursand qilish uchun hattoki unga atab, kichik nikoh marosimini tashkil qiladi.

“Eh attang, turmush qurganmanda! Sen ajoyib qizsan! Sen bilan tanishganimdan juda ham xursandaman” — deydi Dris Aurora bilan uchrashuvda.

Ugo CHaves vafotidan so'ng Venesuelada misli ko'rilmagan inflyaciya va inqiroz yuzaga keladi. Qahramonimiz esa o'z yonidan dori-darmon vositlarini xarid qilib, venesuelalik muxlislariga yuboradi.

Itlar va Julleta uchun boshpana


2014 yil mart oyida Neapolning shimoliy chegarasidagi Kapodimonte shaharchasida joylashgan qarovsiz itlar uchun boshpanani pul yo'qligi sabab yopishga hozirlanishadi. Dris turmush o'rtog'i Ketrin bilan birga boshpanani saqlab qolish uchun kerakli mablag'ni to'laydi. U erdan esa uyga Juletta laqabli itni olib qaytishadi. SHundan so'ng ijtimoiy tarmoqda akciya uyushtirishadi:

“Bugun turmush o'rtog'im Ketrin va do'stim Antonio bilan birga La Fenise boshpanasiga bordik. To'g'risi, juda ayanchli ahvol. Negaki, u erda juda ko'plab tashlab ketilgan, qarovsiz itlarni ko'rdim. Biz Julettani oilamizga qabul qildik, unga yordam berishdan xursandmiz, ammo ularga sizning ko'magingiz zarur. Men sizlardan o'tinib ularga oilalarini topishda ko'mak berishingizni so'ragan bo'lardim”, — deb yozadi Dris.



Oradan hech qancha vaqt o'tmay, “Napoli” “Roma”ga qarshi saf tortadi. O'yinda “Roma” darvozasini ishg'ol qilgan Dris golni it obrazini tasvirlagan holda nishonlaydi. Ko'pchilik buni “bo'rilar”ga qarshi hurmatsizlik sifatida qabul qiladi. Ammo ular Drisning amalda nimani nazarda tutganligini tushungan zahoti, Pemontdan tortib Siciliyaga qadar italiyaliklarning barchasi “muzdek erib ketadi”.

Gvineyadagi libos voqeasi

Bir kuni Dris televidenieda Gvineyadagi kambag'al oila farzandi uning futbolkasida mashg'ulotga kelgandagi holatga guvoh bo'ladi. Qahramonimiz darhol National Geographic suratkashi bilan bog'lanib, undan Gvineyadagi maktabning telefon raqamini so'rab oladi. Dris bolakayga yana uchta forma, va har bir sinfdoshiga “Napoli” libosi hamda maktabda kerak bo'ladigan eng muhim narsalarni yuboradi.

Bunday saxiylik uning kundalik yumushiga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero, u doim Neapoldagi kambag'al oilalarga qo'lidan kelganicha yordam berib keladi.

Uysizlar uchun picca

O'tgan yilning dekabr oyi o'rtalarida Dris do'sti Antonioga qo'ng'iroq qilib, piccaxonada uchrashishga ahd qilishadi. Ikki do'st u erdan o'nlab “Margarita” piccalarini sotib olib, Neapol markaziy vokzaliga, ko'plab uysizlar to'planadigan joyga otlanishadi. Ikkovlon, tushunganingizdek, piccalarni och-nahor uysizlarga tarqatib, ularning ko'ngliga biroz bo'lsada xursandchilik va iliqlik baxsh etadi.

Dris “piar”ni xushlamaydi. U shuning uchun ham vokzalga tanib qolmasliklar uchun niqobda boradi. Vokzal voqealari esa mana oradan 2 oy o'tibgina, matbuotda paydo bo'ldi. Ehtimol, kim biladi, Avliyo CHiro hozir ham qandaydir yaxshi amalni bajarish bilan ovoradir.

Ammo qahramonimizning asosiy maqsadi 1990 yildan beri “skudetto”ni qo'lga kirita olmayotgan “Napoli”ni chempion qilishdan iborat.

Agar “Napoli” chempion bo'ladigan bo'lsa, ishonavering neapolliklar Drisni rostdan ham avliyolar safiga qo'shadi!


Sports.ru saytidan Asror Abdunazarov tarjimasi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика