So’nggi yangiliklar

22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   1 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 21:03"Атлетик" — "Арсенал". Таркиблар маълум  13 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   9 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  5 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  10 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  3 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  21 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  4

Dostonbek Hamdamov: "Turkiya yig'inidan kerakli xulosalar chiqarildi" Yangiliklar

Dostonbek Hamdamov: "Turkiya yig'inidan kerakli xulosalar chiqarildi"

Xabaringiz bor, o'tgan haftada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o'n kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib ortga qaytdi.
Ushbu yig'inda ishtirok etgan terma jamoamiz azosi Dostonbek Hamdamov "CA" sayti uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu terma jamoaga ilk bor chaqirilishim edi. O'ylaymanki hammasi ko'ngildagidek o'tdi. Yoshlar terma jamoasining tarkibi juda kuchli shakllanmoqda va buni Osiyo chempionatida natija bilan isbotlamoqchimiz. Kamchiliklar ham yo'q deb bo'lmaydi. Misol uchun bu terma jamoa hali to'la shakllanmagan va bu o'yinlarda ko'zga tashlandi, lekin bu kamchiliklar nazorat uchrashuvlar va yig'inlar orqali to'ldirilishiga ishonaman. Mart oyining so'nggida ham Toshkentda yig'in tashkil etiladi. Undan tashqari hali chempionatgacha juda ko'p nazorat uchrashuvlari bo'lishini inobatga olsak jamoamizda bir birini tushunish va amaliyot borasida muammo bo'lmaydi" - deya aytib o'tadi Dostonbek Hamdamov

- Turkiyadagi nazorat uchrashuvlardan futbolchilar qanday xulosalar chiqardi. Murabbiylar bu borada qanday fikrlar bildirib o'tdi?
- Ushbu yig'in davomida beshta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. "Krasnador" va Liviya yoshlarini ustidan g'alaba qozondik. "Zenit" bilan durang o'ynagan bo'lsak, Farg'onaning "Neftchi" jamoasi va "Rubin" yoshlariga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Barcha uchrashuvlardan xulosalar chiqarildi va o'yindan so'ng tahlil qilnadi. Yuqorida aytib o'tganimdek bu terma jamoada yagona kamchilik bir birini tushunish borasida deb aytib o'tishim mumkin. Bu borada xulosalar chiqarilib kerakli natijaga erishsa bo'ladi.

- Ushbu terma jamoani Turkiyaga tajribali murabbiy Evstafeev olib boradi. Aslida esa ushbu murabbiy bu terma jamoa bilan endi ishlamasligi malum edi. Bu futbolchilarga tasir o'tkazmadimi?
- Bunday deb o'ylamagan bo'lar edim. Bu murabbiy bilan birinchi bor ishlashimga qaramay katta taassurot qoldirdi. Futbolchilar bilan munosabati va mashg'ulotlari menga juda ham yoqdi. Undan keyin futbolchi uchun murabbiyni kim bo'lishini tanlash yomon deb o'ylayman. Ayni vaqtda bizga murabbiy bo'lgan Evstafeev demak amalda murabbiyimiz va biz bu kishida ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Yangi bosh murabbiy borasida esa hali xabarimiz yo'q.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика