So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Doniyor Usmonov: “Oxirgi yillarda jarohat meni biroz qiynab qo'ydi” Yangiliklar

Doniyor Usmonov: “Oxirgi yillarda jarohat meni biroz qiynab qo'ydi”

Iqtidorli hujumchi Doniyor Usmonovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, bundan bir necha yil avval oliy liganing kashfiyotlaridan biri bo'lgandi.

Ayniqsa u “Qo'qon-1912”da o'ynab yurgan paytida ishqibozlarning etiborini o'ziga tortgan. Tezkor hujumchilar toifasiga kiradigan Doniyorni yaqinda “Navbahor” bilan xayrlashgani haqida eshitdik.  

- Doniyor, yaqinda sizni “Navbahor” lagerini tark etganingiz haqida eshitdik. Ayni damda nimalar bilan bandsiz ?
- Ha, to'g'ri. Mavsum-2017ning ikkinchi qismini ijara asosida Namanganda o'tkazdim. Jamoa bilan o'zaro kelishuv nihoyasiga etgach, hamkorlikni to'xtatdik. Hozircha uydaman. O'zim individual tarzda shug'ullanib turibman. Endi yangi mavsumni boshqa jamoada o'tkazishim aniq.  

- “Qo'qon-1912”dan ketkaningizdan keyin bir maromda o'ynab keta olmayapsiz. Bunga nima sabab bo'lmoqda?
- Ha, shunday. Bilasizmi “Lokomotiv”ga qaytganimdan keyin u erda murabbiylar tomonidan menga nisbatan ishonch yuqori bo'lmadi. Balki o'zim berilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmagandirman? Ammo kam o'yin amaliyot sababli, tabiiyki kutilgan darajada o'zimni ko'rsata olmadim. Keyin “Olmaliq”qa ko'chib o'tdim. Afsuski o'tgan yili chempionatning birinchi turidayoq jiddiy jaroxat olib, uzoq vaqt maydon tashqarisida qolib ketdim. Ushbu omillar ham yuqori darajada o'ynashimga to'sqinlik qildi.


- “Navbahor”dachi?
- “Lochinlar” tarkibiga borib qo'shilganimda jaroxatlar ortda qolgandi va o'zimni juda yaxshi xis qilganman. U erda ko'proq zaxirada qolib ketishim bu – murabbiyning qarori bo'ldi. O'zimga qolsa har bir bahsda maydonga tushib, klubga yordam berardim. Lekin murabbiyning qarorini doim hurmat qilaman.

- Yana avvalgi sport formangizga kirib olish uchun qancha vaqt kerak?
- O'ylaymanki, menga buning uchun mashg'ulotlar emas balki ko'proq o'yin amaliyoti zarur. CHunki uchrashuvlar orqali avvalgi ishonchni qaytarish mumkin bo'ladi.

- Yaqin orada sizni qaysi jamoa tarkibida ko'rishimiz mumkin?
- Xuquqiy jihatdan hamon “Lokomotiv” azosi hisoblanaman. Keyingi taqdirimni ushbu klub rahbariyati hal qiladi. Menimcha yaqin orada superliga klubiga qo'shilsam kerak.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика