So’nggi yangiliklar

10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  1 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  4 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  1 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  17 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  6 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   5 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6

Doniyor Ismoilov: "Turon"ning yosh jamoa sifatida yuqori o'rinlarda yurishi katta yutuq" Yangiliklar

Doniyor Ismoilov: "Turon"ning yosh jamoa sifatida yuqori o'rinlarda yurishi katta yutuq"

Yaypanning "Turon" jamoasi Pro liga 18-turida o'z maydonida "Dinamo"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

 Ushbu uchrashuvdan so'ng o'z dubli bilan jamoasining g'alabasiga hissa qo'shgan Doniyor Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Dastlab "Dinamo" bilan kechgan o'yinda haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. O'yin davomida ikkita ajoyib gol urdingiz va jamoangizning g'alabasiga munosib ulush qo'shdingiz...

- Avvalo muxlislarga khavo sovuq bo'lishiga qaramasdan kelib qo'llab-quvvatlab turishgani uchun katta rahmat aytmoqchiman. "Dinamo" bilan o'yinlar har doim qiziqarli kechgan. Menimcha biz g'alabani raqibdan ko'proq xohladik. Gollarimga kelsak bunda butun jamoaning hissasi bor. Golda faqat men harakat qilmadim, jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman.

- Safarda bu jamoa bilan bahsda "Turon" biroz qiynalgan edi. Kecha esa aksincha erkin va xotirjam to'p tepdi...

- Safarda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. Kecha esa uyda, muxlislarimiz ko'z oldida harakat qildik. Avvalgi uchrashuvda mag'lub bo'lganimiz tufayli bu safar g'alaba qozonishimiz zarur edi. Klub rahbarlarini, muxlislarni xursand qila oldik.

- Umuman yosh jamoa sifatida shakllanib borayotgani "Turon"ning Pro ligadagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Jamoamiz Pro ligada yaxshi ishtirok etmoqda. "Turon"ning yosh jamoa sifatida yuqori o'rinlarda yurishi katta yutuq. Xudo xohlasa omadimiz kelsa Superligada o'ynaymiz. Buni butun jamoa xohlamoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика