So’nggi yangiliklar

08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  0 07:56ЦСКА тасдиқлади  2 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  2 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  45 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1

Doniyor Hasanov: “Obod”ning barcha futbolchilari erkin agentga aylandi” Yangiliklar

Doniyor Hasanov: “Obod”ning barcha futbolchilari erkin agentga aylandi”

Teglar :  Doniyor HasanovObod
Toshkentning “Obod” klubi ochilganiga ko'p bo'lmasdan turib 2 yil oliy ligada faoliyat olib bordi.

Afsuski bazi bir sabablarga ko'ra klub o'z faoliyatini yakunlaydigan bo'ldi. Jamoadagi futbolchilar ayni damda boshqa klublarda ko'rikdan o'tishmoqda. “Obod” nima sababdan yopilganini bilish maqsadida jamoa sardori Doniyor Hasanov bilan suhbatlashdik.

-  “Obod” jamoasining tarqalib ketishiga nima sabab bo'ldi?
-  Ochig'ini aytsam, bu haqida hech nima bo'lmayman. Bizni klub rahbariyati yig'ib majlis o'tkazdi va klub rasman yopilishini malum qildi. Bizni rahbariyatdan hech qanday noroziligimiz yo'q. Futbolchilar uchun barcha sharoitni qilib berishdi. Ushbu klubda 5 yil davomida faoliyat olib borgan bo'lsam biror marotaba futbolchilarni ranjitganlarini ko'rmadim. Vaqti kelsa oyliklarimizni oldindan berishdi. Bu masalada umuman muammo bo'lmadi.


-  Jamoada 5 yil faoliyat olib bordim dedingiz. Birinchi davra yakunlandi, ayni damda biror-bir jamoada ko'rikdan o'tyapsizmi?
-  Albatta, Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishganman. Men bilan yana bir jamoadoshim “Metallurg”ga o'tishi mumkin. SHerzod Jalilov, SHirinboy Abdullaev, Sardor Qahhorov Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasidan chaqiruv olishgan. SHoxruz Norxonov “Bunyodkor” bilan kelishuvga erishdi. Qolgan jamoadoshlirim ham faoliyatini davom ettirish uchun boshqa klublarga o'tsa kerak.

-  Jamoaga homiylik qilib kelayotgan tashkilot klub bilan ortiq ishlamasligini aytib o'tdingiz. Klubni saqlab qolish uchun boshqa homiy topilmadimi?

-  Hozircha bu haqida hech narsa bilmayman. Barcha futbol muxlislari va mutasaddilari yaxshi bilsa kerak, “Obod” bilan ko'pchilik futbolchilarning amalda shartnomasi bor. Klub prezidenti mana shu futbolchilarni boshqa jamoalarga sotib yuborsa ham bo'lardi. Lekin bunday qilmadi. Har bir futbolchini qo'liga  hujjatlarini topshirdi. Xullas barcha futbolchilar ular qatorida men ham erkin agentga aylandik.


-  O'FFga jamoa rasman yopilgani haqida xabar berildimi?
-  Bu savolingizga ham javob bera olmayman. Bu haqida klub rahbariyati bilan bog'lanib savolingizga javob olishingiz mumkin. Agarda O'FF “Obod”ni oliy ligada ikkinchi davrani ham yakunlab qo'yishi haqida aytadigan bo'lsa boshqa chora qolmaydi va “Obod” ikkinchi davrani yakunlab qo'yadi.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика