So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  22 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Dmitro Kozachenko: "Kelishilgan o'yinlar" albatta bor" Yangiliklar

Dmitro Kozachenko: "Kelishilgan o'yinlar" albatta bor"

Qarshining "Nasaf" jamoasi safida 2011 yilgi mavsumda harakat qilgan ukrainalik tajribali posbon Dmitro Kozachenko saytimizga intervyu berdi.

Hozirda jamoasizman. Yaqindagina  Kirovogradning "Zvezda" jamoasi bilan tuzgan shartnomam yakuniga etdi va erkin agentga aylandim. Agentim ayni paytda menga jamoa izlamoqda", - deya o'z so'zlarini boshladi Dmitro Kozachenko.


- "Nasaf"dan ketishingizni sababi nimada bo'lgan?
- O'sha paytda menga Ukraina premer ligasida ishtirok etayotgan "Zarya" klubidan yaxshigina taklif bo'lgan va "Nasaf" ham bunga rozilik bildirgan. Imkonim bo'lganida yana jon deb "Nasaf"ga qaytgan bo'lardim.

- Faoliyatingizdagi qaysi davrni eng yaxshisi deb bilasiz?
- Menimcha, O'zbekistonda o'tgan davr eng yaxshisi bo'lgan.

- O'zbekiston chempionati saviya haqida nimalar deya olasiz?

- To'rtta jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi va chempionlik uchun intiladi. Qolgan barcha jamoalar bir xil saviyadagi o'rtamiyona jamoalar hisoblanishadi.

- O'zbekiston chempionatida "kelishilgan o'yinlar" borligi haqida ko'p gap-so'zlar yuribdi. SHu haqida qanday fikrdasiz?
- Men bunaqangi o'yinlarda ishtirok etmaganman.

- Nima deb o'ylaysiz, futbolda "kelishilgan o'yinlar" uchrab turadimi?
- Bo'lmasamchi, "kelishilgan o'yinlar" albatta bor.

- "Nasaf"dagi sobiq jamoadoshlaringiz bilan aloqada bo'lib turasizmi?
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali ular bilan gaplashib turaman.

- "Nasaf" jamoasi deganda avvalo siz nimani tushunasiz? Aytmoqchi bo'lganim, Dmitro Kozachenko uchun "Nasaf" klubi qanchalik qadrli?
- Bu klub men uchun juda qadrli. Futbolchilik faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatli davrni aynan "ajdarlar" safida o'tkazganman. "Nasaf" jamoasi menga ko'p narsa berdi deb bemalol ayta olaman. Qisqacha tushuntirganda, bu jamoa safida OFK kubogini qo'lga kiritdim. SHuningdek, 2011 yilda klub tarixida ilk bor O'zbekiston chempionati kumush medallariga ega chiqdik. Qo'shimchasiga kubok finalida o'ynadik. Ammo o'sha bahsda omadimiz kelmagani bois mag'lubiyatga uchragandik.

- O'zbekiston jamoalaridan taklif bo'lsa rozi bo'larmidingiz?
- O'ylab o'tirmasdan bu taklifga jon deb rozilik bildirardim.

- O'zbekiston chempionatida Kozachenkoga eng ko'p xavf tug'dirgan futbolchi kim bo'lgan?
- Menimcha, "Bunyodkor"dagi Milosh Trifunovich.

- Odatda o'yindan so'ng futbolchilar o'zaro esdalik uchun futbolkalar almashishadi. Kozachenko O'zbekiston chempionatidagi qaysi futbolchining libosini qo'lga kiritgan?
- Hech qaysi. Faqat "Nasaf"ni libosi bor menda.  

- Bu yili "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga kimni loyiqroq deb hisoblaysiz?
- SHubhasiz Manuel Noyer.

- Qaysi milliy chempionatni tomosha qilishni afzal deb bilasiz?
- Angliya premer ligasini tomosha qilish menga maqul.

- Dmitro Kozachenkoning sevimli futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoasi bormi?
- Menga uch nafar futbolchi, aniqrog'i darvozabonlar yoqadi. Bular Noyer, Buffon va Nesterov.  


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика