So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Diyor Mirzaboev: “Qiyin o'yinda durang o'ynadik” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: “Qiyin o'yinda durang o'ynadik”

Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Yangier-quruvchi" – "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev fikrlarini bildirib o'tdi.

- “SHo'rtan” bilan o'yin borasida fikringiz qanday?

- Bu mavsumdagi eng yomon o'yinimiz ko'rsatdik. Buning uchun bizni tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizdan uzr so'rayman. To'g'risi, zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirishda xatoga yo'l qo'ydim. Uchrashuv oxirlarida ayrimlarida jismoniy holat yaxshi emasligi sezilib qolindi. Zaxiramizdan foydalanib bo'lganimizdan so'ng ular almashtirish so'rashdi. Bugun bahs oxirlarida maydonda 10 kishi o'ynadik. Bir so'z bilan aytganda, qiyin o'yinda durang o'ynadik. “Yangier” shu vaqtgacha “SHo'rtan” ustidan g'alaba qozona olmagan ekan. Bunga chek qo'yishni rejalashtirgandik. 


- Mazkur o'yinga tayyorgarlik ko'ngildagidek kechganmidi?

- Biz har bir o'yinga yaxshi tayyorlanamiz. Ortiqcha yuklamalar berilmaydi. Balki Nodir Yo'ldoshev barvaqt jarohat olmaganida, vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi. 


- Davralar oralig'ida qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchisiz?

- Ilgari takidlaganimdek, iloji boricha shu tarkibni saqlab qolmoqchiman. Deylik, ayrim futbolchilarimizga Superligadan taklif bo'lsa, ularni saqlab turmaymiz. Ayni vaqtda muzokaralar davom etmoqda. Hozirda sifatli o'yinchilarni taklif qilish juda qiyin. SHunga qaramay, biz transfer oynasi yakuniga qadar chiziqlarimizni kuchaytirmoqchimiz. 


- Asiljon Begimqulov va Suhrob Berdiev zaxiradan, Abduqaxxor Xojiakbarov esa maydonga tushirilmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- “SHo'rtan” futbolchilarining tezkorligini hisobga olib, tarkib tanlagandik. Yigitlar barcha aytilgan topshiriqlarni bajarishdi. Tezkorlik bo'yicha raqibga yutqazganimiz yo'q. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga etibor qaratgandik. Afsuski, biz bir vaziyatda xatoga yo'l qo'ydik va gol olib chiqdik. Siz sanab o'tgan futbolchilarning zaxiradan tushirilganiga shu sabab bo'ldi. 


- “Yangier” U-19 jamoasi ishtirokidagi o'yinlarini kuzatmayotganingiz rostmi?

- Bunga vaqtning to'g'ri kelib qolayotgani sababdir. CHunki biz ham mashg'ulotlarni kechki 18:00da boshlaymiz. Yoshlarimiz ham aynan shu vaqtda o'z o'yinini o'tkazadi. To'g'risi, o'yinni kuzatish uchun men mashg'ulotlarni o'tkazib yubora olmayman. “Xorazm” bilan o'yinni boshidan oxirigacha stadiondan turib, kuzatib bordim. Tarkibdagi bir necha futbolchilarni mashg'ulotlarga jalb qilaman. Agar men o'yinni stadiondan turib kuzatmagan chog'imda ham, yaxshilarni asosiy jamoaga jalb qilishda davom etaman. CHunki ular doimiy ravishda mening etiborimda turadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика