So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Diyor Imomxo'jaevdan: Kichik mundialingiz boshingizdan qolsin! Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: Kichik mundialingiz boshingizdan qolsin!

Yoshlar futboli haqida gap ketganida Jahon CHempionati hech narsani hal qilmasligi haqida ko'p bor aytib o'tganman.

Kichik Mundial yulduzlarni kashf etishda benazir bo'lsa-da, bizning futbol hali u darajaga chiqib olgan emas. Eng kuchli 24 ta mamlakat orasida bo'lishimiz Messi yoki Ronalduni etishtirib bermaydi.

Nigeriya o'smirlar terma jamoasi jahon chempionligini eng ko'p bor qo'lga kiritgan, biroq bu narsa milliy terma jamoa muvaffaqiyatlari uchun xizmat qildi degan fikrga qo'shilmagan bo'lardim. Futbolchilar yoshini kichiklashtirish evaziga erishiladigan yutuq hali hech narsa emas. Bir necha yildan keyin esa yoshning ahamiyati u qadar katta bo'lmagan futbol boshlanadi va o'sha paytda haqiqiy saviya ko'rinib qoladi.

Jasur Abduraimov boshchilik qilgan jamoaning Jahon CHempionatidan chetda qolib ketgani meni hafa qilmadi. Garchi chorak finaldan o'ta olmagan bo'lsak ham, o'sha murabbiy va o'sha futbolchilar menda iliq taassurot qoldirdi. Sababini tushuntirishga harakat qilaman.

Yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida ishtirok etish bugun biz uchun katta voqelik emas, odatiy holga aylanib bo'ldi. Demak, plankani boshqa nuqtaga qadar ko'tarish vaqti allaqachon kelgan. Jurnalistlar bu haqda o'sha 2003 yildan buyon aytib kelsa-da, o'zbek futboli ular nima deyayotganini hali ham tushunib etmagandi. Buni murabbiylar oldiga Jahon CHempionati vazifasi qo'yilaverishidan ham bilish mumkin. SHamolga qarab esadigan hamkasblarimiz ham ularga qo'shilib, muvaffaqiyatni Mundial bilan o'lchaydigan bo'lib qolishganini afsus bilan aytib o'taman. Vaholanki bu masalaga zimdan emas, sirtdan nazar solishga o'xshab qoladi.

Menga kichik Mundiallar boshqa maqsad uchun kerak. Aytaylik, Jahon CHempionatidan keyin o'zbekistonlik yoshlar bilan Evropa klublari jiddiy qiziqib qoldi va 2-3 nafar yigitni o'z safiga qo'shib oldi. Messidan tortib, Inestaga qadar yulduzlik cho'qqisiga ilk qadamlarni o'sha kichik Mundiallardan boshlagan. Ilhom Suyunov yoki Islom Inomov bo'lish uchun esa Jahon CHempionati umuman kerak emas, ishoning. Ular BAA Mundialiga bormay ham o'shanday futbolchi bo'la olardi.

Yana bir planka bor - milliy terma jamoaga futbolchi etkazib berish...


Maqolaning davomini "Erudit Sport" sayti orqali o'qish mumkin.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика