So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Diyor Imomxo'jaev: "Andijon" Predrag Vuyovich masalasini hal qildi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Andijon" Predrag Vuyovich masalasini hal qildi"

Teglar :  AndijonVuyovich
Vuyovich “Andijon” tarkibida 2015 yil to'p surgan. Keyinchalik qarzdorlik yuzasidan FIFAga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

SHu vaqtdan buyon FIFA mazkur ish yuzasidan hozirgi “Andijon” jamoasini tinch qo'ymasdi. Klubning hozirgi rahbariyati masalaga nuqta qo'yish yuzasidan ish olib bordi. Adashmasam, SHveycariyaga vakillar ham jo'natildi. 

Gap shundaki, Vuyovich to'p surgan “Andijon professional futbol klubi” MJCH Andijon viloyat iqtisodiy sudi tomonidan 2017 yilda tugatilgan. Ayni vaqtdagi jamoa esa “Andijon futbol sport” MJCH sifatida 2016 yilda tashkil topgan. Ikkinchi tomon birinchisining mol-mulkini ham, qarzlarini ham bo'yniga olmagan. FIFA turli tekshiruvlardan keyin buni tan oldi (o'rtada “Andijon baxtli yoshlari” MJCH ham faoliyat yuritgan.

Ko'za kunda emas, kunida sinadi. Klublarning muammolari bilan bankrot qilib yuborilishi avvallari ko'p kuzatilgan. Jamoa yangi MJCH sifatida qayta tashkil etilgan va har safar suvdan quruq chiqavergan. Ammo FIFA bu kabi ishlarni bugun qattiq nazorat qiladi. O'zPFL reglamentida ham bu kabi ishlarga alohida band ajratilgan. Klublar chin manoda professional faoliyat olib borishi lozim. 

2019 yilda klublar ikki martadan audit tekshiruvidan o'tkaziladi. Nasib bo'lsa, bu galgisi avvalgilaridan ancha jiddiy bo'ladi - deb yozadi O'zPFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi rasmiy kanalida.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика