So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  3 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Diyor Imomxo'jaev: "O'zbekiston KXDR va Yamanga qarshi o'yinlar oldidan yaqqol favorit" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "O'zbekiston KXDR va Yamanga qarshi o'yinlar oldidan yaqqol favorit"

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
O'zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan SPORT telekanali sharhlovchisi Diyor Imomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

Diyor Imomxo'jaev, futbol sharhlovchisi: “O'zbekiston milliy terma jamoasi sekin-asta o'z o'yinini topib olmoqda. Bunda murabbiy Samvel Babayanning xizmatini hech kim inkor qila olmaydi. Milliy terma jamoamiz KXDR va Yamanga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlar oldidan yaqqol favorit.

Koreyaliklarning safar uchrashuvlari shuni ko'rsatib berdiki, ular mehmonda o'z uylarida harakat qilganlaridek o'ynay olishmaydi. Qo'shimchasiga futbolchilarni guruhdagi asosiy raqibga qarshi ruhlantirish uchun Samvel Babayanda yaxshi imkoniyat bor. Bu borada birinchi uchrashuvni eslashning o'zi kifoya. Yaman terma jamoasi esa qaysi stadionda bo'lmasin, bugungi O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun qiyin raqib hisoblanmaydi. Bosh murabbiy olib borayotgan siyosat ko'p hollarda tanqid ostiga olinmoqda. Lekin bunda tanganing ikkinchi tomonini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Milliy terma jamoada faoliyat olib borgan mutaxassislar orasida faqatgina Samvel Babayan dastlabki uch bellashuvda g'alaba nashidasini surgani bilan ajralib turadi. Qolgan birorta murabbiyga bunday muvaffaqiyat nasib qilmagan. SHunday ekan, uning siyosatini keskin tanqid qilishdan tiyilish kerak.

O'zbekiston milliy terma jamoasining barcha mashg'ulotlari yopiq holda o'tkazilsin va o'yinlarga faqatgina “Paxtakor” markaziy stadioni mezbonlik qilsin, lekin buning barobarida milliy terma jamoa jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritsin degan shart qo'yilsa, menimcha, jurnalistlar ham, futbol muxlislari ham rozi bo'lishadi. Hozir asosiysi rasmiy o'yinlarda qayd etajak natijamiz bo'lib turibdi. SHuni unutmaslik kerakki, Samvel Babayan “Paxtakor”da faoliyat olib borganida ham OAV vakillari uchun shaffof bo'lmagan. Bu uning harakteridan kelib chiqadi. Madomiki, murabbiy natijaga erishayotgan ekan, demak uning siyosatiga ko'nikish kerak. Boz ustiga, mashg'ulotlarning hammasi ham yopiq emas, kerak paytda OAV hodimlari uchun sharoit yaratib berilmoqda. Samvel Babayanning “Paxtakor” bilan munosabati esa tamomila boshqa masala. Bu men uchun kutilmagan holat emas. Juda istaganida ham mutaxassis o'zi bir necha yildan buyon boshqarib kelayotgan
“Paxtakor”dan uzilib qola olmasdi, bu tabiiy hol. SHaxsan men uning “Paxtakor”dan suniy ravishda chetlashtirib qo'yilishini esa g'alati qaror sifatida baholagan bo'lardim. Masalan, Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiy Leonid Sluckiy bir vaqtning o'zida CSKAda ham faoliyat olib bormoqda. Men aytib o'tgan qarorning g'alatiligi sabab Samvel Babayan kattagina bosim ostida qoldi. Terma jamoaga futbolchi jalb qilishidan tortib, uning “Paxtakor” ishtirokidagi o'yinlarga borayotgani, kerak paytda futbolchilarning echinish xonasiga kirayotgani ham tanqid qilib o'tilmoqda. Vaholanki, u har ikki fronta ham faoliyat olib borishiga ruxsat berish mumkin edi. Xo'ja ko'rsin uchun chiqarilgan qarorlar hech vaqt o'zini oqlagan emas. O'sha qaror tasirida Babayan “Paxtakor”dan baribir voz kechib keta olmasdi. Hozir vaziyatni to'g'ri baholash eng yaxshi mezon.

Babayan “Paxtakor”ning barcha futbolchisini oladimi, jamoaga befarq bo'lmaydimi, bu ikkinchi masalaga aylanishi kerak. Muhimi, uning bosh jamoada qayd etayotgan natijasi. Ayni paytda milliy terma jamoamizning ishlari joyida. Umid qilamanki, bu muvaffaqiyatlar keyingi ikki o'yinda ham davom ettiriladi. Bunga kuchimiz ham, imkoniyatlarimiz ham etarli. Gap milliy terma jamoa xususida borar ekan, uning yo'lida bo'linishimiz emas, birlashishimiz juda muhim.  

Kamoliddin Alimov yozib oldi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика