So’nggi yangiliklar

00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  1 00:05ЕЧЛ. "Бавария" - "Челси" (онлайн ҳисоб)  9 00:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Атлетико"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  10 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  0 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  20 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  122 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  33 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0

Diyor Imomxo'jaev: "O'FA tavsiyasiga ko'ra chempionat o'yinlarini 15 avgustga qadar qoldirishga qaror qildik" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "O'FA tavsiyasiga ko'ra chempionat o'yinlarini 15 avgustga qadar qoldirishga qaror qildik"

"Tezkor Studiya" loyihasining kechagi soni bevosita Superliga o'yinlarining to'xtatilishi, klublar va boshqa masalalarga bag'ishlandi.

Jonli efir davomida PFL direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev barchani qiziqtirgan ayrim savollarga javob berib o'tdi. Xo'sh, Superliga nima sababdan to'xtatildi?

"Biz bundan oldin Superliga bahslarining 3-15 avgust oralig'ida Toshkentda markazlashgan holatda o'tkazilishini malum qilgandik. Bugun biz O'FAdan xat oldik. Ular hozirgi pandemiya sharoitida, odamlar qiynalayotgan paytda musobaqani qoldirishni tavsiya qilishdi. Terma jamoalar uchun masul tashkilot. Qolaversa futbolni ushlab turishdan maqsad xalqaro maydon edi. Aytaylik milliy jamoamiz Jahon chempionati saralash bosqichida, Temur Kapadze murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatida ishtirok etishini yaxshi bilamiz. O'FA shunaqa tavsiya bergandan keyin biz sharoitdan kelib chiqib 15 avgustga qadar chempionat o'yinlarini to'xtatib turishga qaror qildik. Agarda terma jamoalar manfaati yo'lida bo'lganda chempionat davom etgani yaxshi edi. Avgustda "boxing day"da futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, jangovar ruhiyati zo'r bo'lardi. Bu erda nafaqat futbolchilarning sog'lig'i, balki stadion maysasidan tortib oddiy ishchilarning sog'lig'idan kelib chiqib shunday qarorga kelingan bo'lsa kerak. CHunki, o'yinlarni tashkil qilish uchun maydon tashqarisida bir qancha insonlar mehnat qiladi",- deydi Diyor Imomxo'jaev.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика