So’nggi yangiliklar

13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  14 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  4 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6

"Dinamo"ni tanlashi, "Xo'jand"dagi faoliyati borasida SHohruh Mahmudhojiev bilan suhbat Yangiliklar

"Dinamo"ni tanlashi, "Xo'jand"dagi faoliyati borasida SHohruh Mahmudhojiev bilan suhbat

Superliga ikkinchi davrasi oldidan "Dinamo" jamoasi o'z tarkibiga 24 yoshli hujumchi SHohrux Mahmudhojievni qo'shib oldi.

SHundan keyin u bilan bog'landik va saytimiz uchun intervyu oldik. 

Dinamoga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hammasi oddiy. Tojikistondan ketishimni bilganimdan so'ng menga bir qator jamoalardan taklif bo'ldi. Jumladan, "Dinamo" mutasaddilari tomonidan aloqaga chiqishdi. O'zim ham faoliyatimni o'zimizda davom ettirish niyatim bor edi. Har holda oilamga yaqin joyda futbol o'ynashni istayotgandim. Keyinchalik "Dinamo" biln muzokara o'tkazib, yakunda shartnoma imzoladim. 

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- "Dinamo" bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnoma imzoladim.

- Bu erdagi raqobatga munosabatingiz qanday?

- Hozirda jamoada raqobat juda yaxshi. Ichki muhitga gap yo'q. Deylik, jamoaga mendan tashqari, Marat Bikmaev, Erkin Boydullaev singari tajribali futbolchilar taklif qilindi. Marat aka bilan "Paxtakor"da birga o'ynaganman, undan ko'p narsa o'rganganman. Xullas, yuqorida tilga olgan ikki nafar futbolchidan maydonda va uning tashqarisida ko'p narsa o'rganish mumkin. Qisqasi, raqobatdan cho'chimayman, jamoaga yordam berish istagida keldim. 

- Bu yilgi Superliga o'yinlari qanday kechmoqda?

- Men Tojikistonda to'p tepayotgan vaqtimda ham, O'zbekiston Superligasini muntazam ravishda kuzatib bordim. Aytish kerakki, chempionat juda qiziqarli kechmoqda. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar orasida ochkolar tafovuti u qadar katta emas. “Dinamo” pastda bo'lishiga qaramay, ikkita g'alaba bilan yuqoriga ko'tarilib olishimiz mumkin. Xullas, Superliga o'yinlari juda qiziq va murosasiz o'tmoqda. 

- Superliganing boshqa jamoalaridan taklif bo'ldimi?

- Ha, boshqa jamoalardan taklif bo'ldi. Lekin men "Dinamo"ni tanladim va jamoaga o'z yordamimni berishni istayman. 

- "Xo'jand"dagi faoliyatingiz qanday bo'ldi? Bu jamoaga o'tishingizdan afsuslanmadingizmi?

- Bilasizmi, men "Xo'jand"da faqat hujumchi poziciyasida o'ynamadim. Bazida qanotlarda o'ynadim. Ko'proq hujumkor yarim himoyaga qo'ydi. Bir so'z bilan aytganda, meni turli chiziqlarda sinab ko'rishdi. Tojikistondagi faoliyatim o'zim uchun yangi bosqich bo'ldi. Legioner sifatida o'ynash istagi bo'ldi, bosimni his qildim. 

Yana bir jihatga etibor qaratishni istardim. Men o'z xohishim bilan "Xo'jand"ni tark etdim. SHartnomamda shunday band bor edi, yarim mavsumdan keyin menga boshqa taklif bo'lsa, ketishim mumkin edi. O'zim rahbariyat va murabbiy oldiga kirib, vaziyatni tushuntirib, ketmoqchi ekanimni tushuntirdim.

Umuman olganda, Tojikistonda ham yaxshi futbolchilar bor. Lekin futboli kuchli emas. SHaroitlar ham o'rtacha. Masalan, "Istiqlol"dan tashqari, boshqa jamoalarning stadionlarida projektor muammo. O'yinlar 16:00 yoki 17:00da boshlanadi. Issiq havoda to'p tepishga to'g'ri keldi. Bizning Superligada o'yinlar 20:00da boshlanmoqda. Bundan tashqari, klublarning bazasi yo'q. Agar hamma klubida barcha imkoniyatlar bo'lsa, ularda futbol o'sadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика