So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  2 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  6 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  6 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  7 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   87 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  13 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Dinamo: Tayyorgarlik, yangi futbolchilar va rejalar haqida Yangiliklar

Dinamo: Tayyorgarlik, yangi futbolchilar va rejalar haqida

Oliy liga jamoalari qatorida Samarqandning Dinamo klubi ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Ravshan Haydarov qo'l ostidagi jamoa mavsum tayyorgarligini dastlab Samarqandda boshlagan bo'lsa, ikkinchi bosqich yig'ini 15-30 yanvar kunlari Toshkentda o'tkazildi. Navbatdagi yig'in oldidan, jamoamiz bosh murabbiyi tayyorgarlik, yangi futbolchilar va rejalar haqida batafsil so'zlab berdi.

TAYYORGARLIK

- Ravshan Akmalovich, yakunlangan yig'indan ko'zlagan rejalaringiz amalga oshdimi?


- Tayyorgarligimiz reja asosida davom etmoqda, desam ham bo'ladi. Ko'zlaganimizdek, ikkinchi yig'in doirasida to'rtta nazorat uchrashuvlarini belgilagandik va ushbu bahslarda jamoaning yangi futbolchilarini sinovdan o'tkazish bilan birga tarkibning shakllanishiga ham jiddiy etibor qaratdik. Paxtakor, So'g'diyona, Buxoro va Olmaliq klublariga qarshi to'p surib ikki durang, ikki mag'lubiyat qayd etgan bo'lsakda, eng asosiysi jamoaning tayyorgarligiga katta urg'u berdik. CHunki, bunday o'yinlarda natija emas, eng avvalo tayyorgarlik muhim o'rin tutadi.

- Demak, yakunlangan yig'indan ko'nglingiz to'ldi deyish mumkin, shundaymi?


- Mavsum oldi yig'inlar davomida har bir murabbiy futbolchisining jarohat olishidan xavfsiraydi. Afsuski, buni biz ham chetlab o'tolmadik. Tarkibdagi ayrim futbolchilarimizning jarohat olganliklari sababli ularni to'liq sinovdan o'tkaza olmadim. Azamat Bobojonov, Abdulla Nabiev singari futbolchilarimiz esa jarohatlari bois Toshkentdagi yig'inimizda ishtirok eta olishmadi. Jarohat olgan o'yinchilarimizning tezroq safga qaytishlarini kutayapman. Mana shu jihatni aytmaganda yig'indan ko'nglim to'ldi.

G'ULOM URUNOV HAQIDA

- Tarkibga yangi kelgan futbolchilarning taqdiri qanday kechadi?


- Mavsum oldidan safimizga qo'shilgan futbolchilardan yarimhimoyachilar Alisher Mahmudov va Samandar SHodmonovlarga javob berdik. Qolgan futbolchilar esa hozircha jamoa bilan birga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

- Paxtakor safidan kelib qo'shilgan G'ulom Urunov yangi mavsumni Samarqandda boshlaydimi?

- Fulom Urunovni juda yaxshi bilganim va katta yordami tegishiga umid qilgan holda uni ijara asosida taklif qildik. Urunov borasida Dinamo Paxtakor bilan deyarli kelishuvga erishgan. Endi futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishsak, Urunov mavsumni Dinamoda boshlaydi.

YANGI FUTBOLCHILAR BORASIDA

- Moldova terma jamoasi hujumchisi Anatoliy Dorosh haqida nima deya olasiz? Legioner Dinamoda qoladimi?


- Ushbu futbolchi 28 yanvar kuni safimizga qo'shildi. 2-3 kunlik yig'inda ham moldovalik hujumchining tajribali ekanligi yaqqol ko'rinib turdi. Uning Jahon chempionati saralash bahslarida o'tgan yili terma jamoasi safida Evropaning kuchli termalariga qarshi maydonga bejizga tushmaganligi aniq. Mingafsuski Olmaliqga qarshi so'nggi o'yinimiz oldidan legioner jarohat oldi va shu bois nazorat bahsida ham o'zini ko'rsatishga qiynaldi. Unga hozircha javob bergan bo'lsakda, vaqt o'tib jarohatidan qutilsa bunday toifadagi hujumchini safimizda ko'rishdan xursand bo'lardim.

- Mavsum boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. Aytingchi, endi tarkib hozirgi futbolchilar bilan shakllantiriladimi yoki hali yangi o'yinchilar jalb etiladimi?


- Maqsadim - birinchi navbatda o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolib, ularning safiga yana 3-4 nafar yangi futbolchilar va yoshlarimiz bilan jamoani imkonqadar mukammalashtirish. Yashirmayman, ko'z ostimga olib qo'ygan yangi futbolchilar bor. Ammo ularning safimizga qo'shilishi borasidagi savolga javob berishga hali vaqt bor. Bu borada klub rahbariyati qaror qabul qiladi.

MURABBIYLAR SHTABI

- Yordamchingiz Vladimir Andreev jamoani tark etdi. Endi murabbiylar shtabi qanday ko'rinish oladi?


- Menga hozirda yordamchim Igor Remnyov va darvozabonlar murabbiyi Alisher Latipovlar yordam berishmoqda. Klub rahbariyatiga murojaat etib, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxasis lozimligi taklifini kiritganman. Jamoamiz yoshlar murabbiyi bo'lib esa yana bir mahalliy mutaxasis – Kamo Gazarov faoliyat boshladi. Ushbu murabbiylar bilan birga ishlaymiz.

REJALAR


- Navbatdagi yig'in qachon boshlanadi? Jamoaning keyingi rejalari qanday?

- 2 fevraldan boshlab Samarqanddagi qarorgohimizda uchinchi yig'inga kirishdik. Bir hafta davom etadigan ushbu yig'inda asosiy etibor tashkiliy masalalarga qaratiladi. Xususan, bir qator futbolchilarimiz bilan shartnoma imzolaymiz. Tarkib borasida aniqliklar kiritamiz. Fevral oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlab esa yana Toshkentda yig'in boshlab, PFL Kubogi va nazorat bahslari orqali so'nggi tayyorgarlik ishlarini olib boramiz. Mart oyi boshida, chempionat boshlanishidan bir hafta oldin esa Navoiy yoki Buxoroda mahalliy jamoalardan biri bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni o'ylab turibmiz. Bu dastlabki tur - Qarshidagi Nasaf bilan o'yindan oldin so'nggi tayyorgarligimiz bo'ladi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика