So’nggi yangiliklar

00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1

"Dinamo" Superligada ham jiddiy vazifalarni ko'zlashi lozim". Abramov Superliga va Pro liga farqi, yarimfinal va kelasi mavsum rejalari haqida Yangiliklar

"Dinamo" Superligada ham jiddiy vazifalarni ko'zlashi lozim". Abramov Superliga va Pro liga farqi, yarimfinal va kelasi mavsum rejalari haqida

Teglar :  DinamoVadim Abramov
Pro liga 21-turi doirasida "Dinamo" "G'ijduvon"ni yirik hisobda (4:0) mag'lub etib, muddatdan avval Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalambor, butun Samarqand ahlini bugungi g'alaba va Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Ha, «Dinamo» Oliy divizionga birinchi marta qaytayotgani yo'q, ammo bu safar kamida uzoq muddatga Superligada mustahkam o'rin olishini xohlardim. Endigi maqsadimiz ham kelasi mavsum ligada qolish emas, chiqqanga yarasha jiddiy vazifalarni ko'zlashimiz lozim. SHu o'rinda, har qanday ob-havo bo'lishiga qaramay stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat.

Hali biz uchun mavsum tugamadi, muhim bahs arafasida turibmiz. O'zbekiston kubogi yarimfinali doirasida «Nasaf»ga qarshi maydonga tushamiz, ertadan bu o'yinga tayyorlanamiz. 

- Siz ilk marta Pro ligada ishlab ko'rdingiz, aytingchi, bu turnirda ishlash nimasi bilan qiyin bo'ldi?

- Oson musobaqaning o'zi yo'q. Pro liganing ham o'ziga xos qiyinchiliklari bor. Bu avvalo taqvim bilan bog'liq. CHunki har doim katta tanaffus bo'lib qoladi, o'yinchilarni esa bir maromda ushlab turish qiyin. Aytaylik, avgustda biz 8ta o'yin o'tkazdik, keyin esa yana katta tanaffuslar yuzaga keldi. Asosiysi vazifani uddaladik, hamma joyda ham qiyinchilik bor. Yigitlarga rahmat deyman.

- Superliga va Pro liga o'rtasida qanday farqlarni ko'rdingiz?

- Katta farqni ko'rmadim. Birgina muammo – taqvimda. Bu yil kubok doirasida Superliga jamoalariga ham qarshi o'ynadik, ko'rdingiz, farq katta emasdi. 

- Payshanba kuni «Nasaf»ga qarshi yarimfinal kutib turibdi. Tarkibda muammolar bo'lmaydimi? Jamoa to'purari Kojo o'yingacha safga qaytadimi? 

- Kojo Qirg'iziston milliy jamoasi safidan qanday holatga qaytishini ko'ramiz. «Nasaf»ga qarshi o'yinda yordam bera olsa, yaxshi, aks holda boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. 

- Bugun Ro'ziqul Berdiev «Dinamo»ning o'yinini stadiondan kuzatdi. Bu borada siz ham «Nasaf»ni o'rganishga ulgurdingizmi?

- Men ham ularning o'yinini kuzatib keldim. «Nasaf» CHempionlar ligasidagi g'alabadan keyin g'alabali yurishini davom ettirmoqda. Raqiblarimiz o'z uyida o'ynashadi, qolaversa, «Nasaf» kubokning amaldagi g'olibi sifatida ham yarimfinal favoriti ekaniga shubha yo'q. Ammo futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin, ayniqsa bir o'yinlik bahsda. Biz ham harakat qilamiz. 

- Keyingi mavsumdagi tarkib borasida ham qandaydir xulosalar qilishga ulgurdingizmi?

- Superliga – yangi daraja, hozirgi tarkibni kuchaytirishga to'g'ri keladi. Har bir poziciya raqobatbardosh bo'lishi lozim. Hozirdan taxminlar qilishga erta, mavsum yakunlangach bu borada aniqroq xulosalar qilish mumkin, - deydi Vadim Karlenovich.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика