So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

"Dinamo" - "Qizilqum": Ustunlik kimda? Yangiliklar

"Dinamo" - "Qizilqum": Ustunlik kimda?

Teglar :  DinamoQizilqum
Oliy Liganing 12-turidan o'rin olgan etiborli uchrashuvlardan biri Samarqandda o'tadi. SHu kuni Dinamo jamoasi qo'shni Navoiy viloyatining bosh jamoasi Qizilqumni qabul qiladi.



JORIY MAVSUMDA KIMDA QANDAY NATIJA?


Ushbu mavsumni har ikki jamoa ham kutilmaganda ikki xil boshladi. Yilni omadli boshlagan Dinamo 11-turdan keyin 4 g'alaba, 3 durang, 4 mag'lubiyat bilan 15 ochko jamg'arib, 7-pog'onadan o'rin olgan bo'lsa, Qizilqum nisbatan nomdor tarkibga ega bo'lsada, 2 g'alaba, 5 durang, 4 mag'lubiyat bilan 13-o'rinni band etib turibdi.

Dinamoning Oliy Ligadagi so'nggi besh turdagi natijasi:

Bunyodkor – Dinamo – 1:1

Dinamo – So'g'diyona – 2:2

Olmaliq – Dinamo - 2:0

Dinamo - Nasaf - 1:1

Obod - Dinamo - 3:1.

Qizilqumning Oliy Ligadagi so'nggi besh turdagi natijasi:

Olmaliq – Qizilqum – 0:0

Qizilqum – Nasaf - 1:1

Obod – Qizilqum – 1:1

Lokomotiv – Qizilqum – 2:0

Qizilqum – Neftchi - 2:2

BUGUN KIMLAR O'YNAY OLISHMAYDI?

Dinamo jamoasi himoyachisi Jasur Azimov ushbu turdagi Qizilqumga qarshi o'yinda Dinamoga yordam bera olmaydi.

Gap shundaki, Jasur Azimov so'nggi ikki turda Nasaf va Obod bilan o'tgan 10 va 11-turlarda bosh hakam tomonidan ogohlantirishlar olgan edi. Bu uning joriy yilgi chempionatdagi 4-sariq kartochkasi bo'ldi. SHu bois, 12-turda Jasur Azimov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.

Bunday futbolchi navoiyliklar safida ham bor. Jamoa yarimhimoyachisi Fayzulla Qambarov ham Neftchiga qarshi bahsda mavsumdagi 4-sariq kartochkasini olib, bugungi bahsni o'tkazib yuborishga majbur.

O'ZARO O'YINLAR: 32-TO'QNASHUV

Bu ikki klub Oliy ligada 31 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 13 tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 8 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar Oliy Ligada “Qizilqum”ni 10 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” o'yinlarda 43 ta gol urgan va 42 ta o'tkazib yuborgan. Ochko ishlash borasida “Qizilqum” o'zaro o'yinlarda 48 ochko olgan, Dinamo esa 39 ochko. “Qizilqum”ning Oliy ligada “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:1 ni tashkil qiladi. “Dinamo”ning esa navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 6:1 ga teng.

“Dinamo” Samarqandda bu raqibni 9 marta taslim qilgan. Faqat 5 ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” safardan 2 marta g'alaba bilan qaytgan.

Samarqandda o'tgan so'nggi 7 uchrashuv:
17.05.2015 Dinamo - Qizilqum 2:2
12.09.2014 Dinamo - Qizilqum 2:1
04.08.2013 Dinamo - Qizilqum 1:0
27.09.2012 Dinamo - Qizilqum 3:0
21.08.2011 Dinamo - Qizilqum 1:1
01.05.2010 Dinamo - Qizilqum 0:0
25.06.2009 Dinamo - Qizilqum 3:0

ESKI TANISHLAR…

Dinamo - Qizilqum uchrashuvi oldidan tarkibga nazar tashlarkanmiz, bir qator eski tanishlarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan, bugungi kunda Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev singari samarqandlik futbolchilar Qizilqum etakchilari sifatida to'p surishayotgan bo'lsa, Navoiy jamoasi yarimhimoyachi Otabek Zokirov ham 2015 yilgi mavsumni Dinamo safida o'tkazgan edi.

Dinamo himoyachisi Aleksey Nikolaev esa faoliyatini aynan Qizilqumda boshlagan. O'shanda Zarafshon shahri sharafini himoya qilgan klub bugungi kunda o'z o'yinlarini Navoiy shahrida o'tkazmoqda.

O'YINNI KIM BOSHQARADI?

Uchrashuvni boshqarib borish Viktor Serazetdinov boshchiligidagi toshkentlik hakamlar brigadasiga topshirilgan.

Oliy Liga. 12-tur. 26 may (juma)
Dinamo (Samarqand) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00.

Dinamo klubi Matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика