"Dinamo" osmonida "oq bulutlar". Bobir Abdixoliqovda birinchi xet-trik. "Bobur Arena"da "sherlar", "Bunyodkor"da "Neftchi" g'olib - Superliganing 10-turi haqida
03 iyu 17:26
Yangiliklar
"Dinamo" osmonida "oq bulutlar". Bobir Abdixoliqovda birinchi xet-trik. "Bobur Arena"da "sherlar", "Bunyodkor"da "Neftchi" g'olib - Superliganing 10-turi haqida
Xususan, jamoalar qayd etgan natijalar orqali ayrim seriyalarga barham berishdi, bir qator malumotlarni yangilashdi. Quyida shu haqida batafsil.
"Dinamo" - "Qizilqum" 2:0
- Vadim Abramov jamoasining umumiy hisobdagi 7 ta o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. "Dinamo" so'nggi marotaba 28 mart kuni "Metallurg"dan ustun kelgan edi.
- "Qizilqum" 7 yildan beri "Dinamo"ni mehmonda enga olmayapti. Navoiyliklar oxirgi marotaba 2017 yilgi mavsumda safardan 3 ochko bilan qaytgandi.
- Joel Kojo "Dinamo" libosidagi barcha musobaqalardagi 22-golini urdi. Buning uchun unga 35 ta o'yin kerak bo'ldi.
- 10 yildan so'ng ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi.
- "Qizilqum"ning Superligadagi g'alabasiz o'yinlari 8 taga etdi. Jamshid Saidov shogirdlari 11 martdan buyon 3 ochko nimaligini bilmayapti.
"Navbahor" - "Olimpik" 0:0
- "Navbahor"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta bellashuvga etdi, 3 ta g'alaba, 3 ta durang.
- "Olimpik" Superligada Namanganda g'alaba qozonishni uddasidan chiqmayapti, 3 ta o'yin, 1 mag'lubiyat, 2 durang.
- O'zaro uchrashuvlar tarixida birinchi bor darvozalarga gol urilmadi (0:0).
"Surxon" - "So'g'diyona" 1:0
- "Surxon"ga g'alaba keltirgan gol muallifi Behruz SHaydulov Superligadagi debyut golini urdi.
- "So'g'diyona" 2 yildan beri termizliklar darvozasiga yo'l topa olayotgani yo'q.
- Jizzaxliklar 2 yildan beri "Surxon"ni engga olmayapti. Jamoa raqibi ustidan so'nggi g'alabasini 2022 yilgi mavsumda Ulug'bek Bakaev davrida qo'lga kiritgandi.
OKMK - "Metallurg" 1:0
- Mirjalol Qosimov shogirdlari Toshkent viloyati derbisida 2 yildan so'ng yutuqni o'ziniki qildi. OKMK oxirgi marotaba 2021 yilgi mavsumda "Metallurg" ustidan zafar quchgandi.
- "Metallurg"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi.
- OKMK uyda ochko jamg'arish jadvalida 13 ochko bilan birinchi o'ringa chiqib oldi.
"Bunyodkor" - "Neftchi" 0:3
- "Neftchi" joriy mavsumda birinchi marotaba bitta o'yinda 3 ta gol urdi va yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.
- "Bunyodkor" so'nggi ketma-ket 2 ta o'yinda darvozasidan 7 ta to'p olib chiqdi.
- "Neftchi" 9 yildan so'ng yana "Bunyodkor" stadionida "qaldirg'ochlar"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
"Andijon" - "Paxtakor" 1:3
- "Paxtakor" 4 yildan so'ng "Andijon" maydonida muvaffaqiyatga erishdi.
- Maksim SHackix "sherlar" boshqaruvida birinchi marotaba "Andijon"ni mag'lub etdi.
- "Burgutlar"nin Superligadagi g'alabasiz o'yinlari soni 5 taga etdi.
- Poytaxt klubi so'nggi 4 ta o'yinda mag'lubiyatga uchragani yo'q.
- Bektemir Abdumannonovning assistlari soni 7 taga etdi.
"Nasaf" - "Lokomotiv" 3:0
- Bobir Abdixoliqov 1290 kundan (3 yil, 6 oy, 13 kun) so'ng O'zbekiston Superligasida gol urdi. So'nggi bor hujumchi 2020 yilning 20 noyabr sanasida "So'g'diyona"ga gol urgandi.
- Bobir Abdixoliqov O'zbekiston chempionatida sakkizinchi marta dubl rasmiylashtirdi. Uning Superligadagi jami gollari soni 47 taga etdi.
- "Nasaf" 6 yildan so'ng Qarshida "Lokomotiv"ni engdi. "Ajdarlar" oxirgi marotaba 2018 yil bu vazifani bajargandi.
- Bobir Abdixoliqov O'zbekiston chempionatida o'zining birinchi xet-trikini qayd etdi. U 2022 yil Belarus chempionatida "Energetik BGU" safida "Neman" bilan bahsda ham xet-trik rasmiylashtirgandi.
- "Lokomotiv" Superligada 7 ta bahsdan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. Jamoa oxirgi bor 14 mart kuni "Paxtakor" ustidan zafar quchgandi.
Fikrlar