So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Dinamo - Olmaliq: Noxush anana buziladimi? Yangiliklar

Dinamo - Olmaliq: Noxush anana buziladimi?

Teglar :  DinamoOlmaliq
Ushbu turning etiborli o'yinlaridan biri Dinamo va Olmaliq o'rtasida o'tkaziladi. Bu jamoalarning o'zaro so'nggi o'yinlari principial ahamiyatga ega bo'lmoqda.

O'YINNI QOSIMOV BOSHQARADI

Oliy Liga 24-turidan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar malum qilindi. Unga ko'ra, Samarqandda o'tadigan Dinamo - Olmaliq uchrashuvini boshqarib borish SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga topshirildi. Uchrashuv nazoratchisi Rashid Aytekov.

Oliy Liga. 24-tur.
13 oktyabr (juma)
Dinamo (Samarqand) – Olmaliq (Olmaliq)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 15:30

O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK MEZBONLARDA


Dinamo jamoasi Oliy Liga doirasida ushbu jamoaga qarshi 17 marta to'qnash kelgan. Ushbu bahslarning 5 tasida Dinamo g'alaba nashidasini surgan bo'lsa, 8 ta o'yin Konchilarning g'alabasi bilan tugagan. 5 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo'lini tanlashgan.

O'zaro o'yinlardagi gollar nisbati 24:18 ko'rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslar davomida Olmaliq 28, Dinamo 19 ochkoni qo'lga kiritgan. Dinamoning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2 ga teng. Olmaliqning eng yirik g'alabasi esa 3:1 natijasidir.

Jamoalarning birinchi davradagi o'yinlarida Olmaliq jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi. O'shanda bosh hakam SHerzod Qosimov Dinamo himoyachisi SHohruh Xolmatovga qizil kartochka ko'rsatgandi.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvlari:
31.10.2015 Dinamo - Olmaliq 1:1
02.10.2014 Dinamo - Olmaliq 2:1
30.03.2013 Dinamo - Olmaliq 0:0
09.08.2012 Dinamo - Olmaliq 0:1
10.06.2011 Dinamo - Olmaliq 0:1
05.06.2010 Dinamo - Olmaliq 4:2

ESKI TANISHLAR…


Bugungi kunda Olmaliq safidagi bir qator futbolchilar Dinamo muxlislari uchun begona emas. Jumladan, olmaliqliklar hujumchisi Kamoliddin Murzoev 2015 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Dinamo safida o'tkazib, Samarqandda ajoyib o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan edi. Mavsum yakunida jamoa quyi ligaga ravona bo'lgan bo'lsada, Murzoev Dinamo to'purariga aylangan edi.

SHuningdek, Olmaliq yarimhimoyachisi Dilshod Jo'raev ham Oliy Ligadagi debyutini 2012 yilda Dinamo safida amalga oshirgandi.

Olmaliqliklar chap qanot himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov ham 2012 yilgi mavsumda Dinamo safida to'p surgan.

Darvoqe, o'tgan mavsum Birinchi Ligada Dinamo sharafini himoya qilgan Viktor Klishin ham bugungi kunda Olmaliq jamoasi hujumchisi sanaladi.

O'z o'rnida Dinamo safidagi Farhod Tojiev va Muhammad Isaevlar Olmaliq azosi sanalishadi.



FAKT…

Oliy Liga doirasida Dinamo - Olmaliq o'rtasidagi Samarqanddagi so'nggi o'yin 2015 yilgi mavsumning so'nggi turida Samarqandda o'tkazilib, ushbu bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan dinamochilar so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborgan va aynan Olmaliq Bahrom Hakimov boshchiligidagi Dinamoni Birinchi Ligaga ravona qilgan edi.

Joriy yilda esa bu jamoalar kubok doirasida 1/8 finalda o'zaro uchrashib, 1:1 va 2:2 natijasi bilan Dinamo keyingi bosqichga yo'l olgandi.

NOXUSH AN'ANA…


Dinamo Oliy Liga doirasidagi so'nggi 10 o'yinda gol ura olmayapti. Ushbu uchrashuvda samarqandlik futbolchilar bu noxush ananani buza olishadimi, maydonda ko'ramiz.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика