“Dinamo” – “Bunyodkor”. VIDEO prevyu
06 apr 2014 08:08
Yangiliklar


“Dinamo” – “Bunyodkor”. VIDEO prevyu
Oliy liga 4-turi doirasida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'ladi.
Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro hisobdagi 15-uchrashuvi sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan o'yinlarning 13tasida “qaldirg'ochlar”ning qo'llari baland kelgan. Bir uchrashuv esa durang natija bilan yakun topgan. To'plar farqi 31:5, “Bunyodkor” foydasiga.
“Bunyodkor” va “Dinamo” jamoalarining o'zaro o'yinlari to'purari Server Jeparov hisoblanadi. Samarqandliklar darvozasiga kiritilgan gollarning beshtasiga aynan Server mualliflik qilgan. Oleksandr Pishur esa to'rt bor dinamochilar darvozabonini xafa qilgan.
O'zaro o'yinlardagi hozircha yagona bo'lib turgan durang Samarqanddagi bahsda qayd etilgan.
Quyida Samarqandda o'tgan o'zaro o'yinlarda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar