Dilyaver Vaniev: "Stadion tayyor bo'lmasa, o'yinni talabga mos bo'lgan boshqa maydonga ko'chirish kerak"
23 iyu 2022 21:44
Yangiliklar
Dilyaver Vaniev: "Stadion tayyor bo'lmasa, o'yinni talabga mos bo'lgan boshqa maydonga ko'chirish kerak"
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Mashal" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi bahs oddiy o'yin emasdi. Ayni paytda har ikki jamoaga ham ochkolar juda zarur. Biz "Xorazm"ga g'alaba uchun kelgandik. Ammo yakun biz kutgandek bo'lmadi. Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman.
Maydon borasidagi fikrim? Albatta, ijobiy emas! Bu maydonni mutasaddilar qanday qabul qilishgan, bilmadim. "Xorazm" jamoasi bu maydonda futbol o'ynashi va mashg'ulot o'tkazishi qiyin. Stadion tayyor bo'lmasa, o'yinni talabga mos bo'lgan boshqa maydonga ko'chirish kerak. Qayta-qayta gapirgan bilan o'zgarish bo'lmayapti", – dedi Vaniev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar