So’nggi yangiliklar

22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  3 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  79 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11

Dilyaver Vaniev: "Hakamlar borasidagi savollar jonga tegdi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Hakamlar borasidagi savollar jonga tegdi"

"Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Mashal" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun g'alabaga loyiq edik. CHunki o'yinning ayrim paytlarida raqiblardan ustun bo'lib o'ynadik. Bugungi o'yinning sifatini hisobga olsak, 1 ochkodan oshig'iga loyiq edik.

- Denis Vasilevning tezkor o'zgartirilishi sababi nimada?
- Ha, uning jarohati bor edi va uning o'zi bizdan o'zgarish so'radi.

- Mo'min Meliev asosiy tarkibda ko'rinmadi...
- Xo'sh, uning maydonga tushmasligi muammomi? Biz murabbiylar shtabi bilan kelishib boshqa futbolchini tushirishni lozim topdik. Bugungi o'yinimiz taktik uslubiga ko'ra, boshqa hujumchilar o'ynadi. Bugun menga ular kerak edi. Ertaga Meliev kerak bo'ladi. Faqatgina taktika sababli ularni tushurdim.

- Humoyun Murtazoev qo'lidan jarohat olgandi. Bu uning o'yinlariga qanchalik tasir o'tkazmoqda?
- "Bunyodkor" bilan o'yinda bo'lgandi bu. Uning qo'li sinmagandi. SHunchaki ayrim bog'lamlar lat egandi. 3 hafta davomida uning qo'li gipsda yurdi. 10 kun davolanib, keyin mashg'ulotlarga qo'shildi. Bunday qo'l og'rig'i futbolchining o'yinlariga tasir qilmaydi. Biroq uning jismoniy holat va o'yin tempida pasayish bor.

- Hakamlar birinchi bo'limda yaqqol penalti bermadi.
- Hakamlar mavzusidagi savollar to'g'risi jonimga tegdi. Biz shunday hakami bor davlatda yashaymizki, uning jahon chempionatida ishlaganlarini bir tiyin qilib tashlayapmiz. Birinchi bo'limda biz penalti tepishimiz kerak edi. Bu xatto 50ga 50 vaziyat ham emasdi. Balki bu yangicha qonunlardir. "Paxtakor" bilan o'yinda ham biz qandaydir offsayd holatlari, penalti borasidagi vaziyatlar guvohi bo'ldik. To'g'risini aytganda, matbuot anjumanida hakamlik haqida gapirishni istamasdim. Lekin yigitlarning o'zi mendan, shu vaziyatda nimaga penalti berishmadi, - deb so'rashadi. Bunga esa javob bera olmayman. Ularning darajasi past yoki saviyasi etarlicha emas deb tanqid qilmayman, ular ham odam. Lekin hakamlar maydonda bo'layotgan vaziyatlarni boricha ko'rishsin va hakamlik qilaversin. SHunday ishlash mumkinmi? Ha, mumkin. SHu sababli biz ko'plab ochkolar yo'qotdik. "Paxtakor" bilan o'yinda penalti qo'yib ber demadim. SHunchaki offsayd bormi, ko'tar. Bilmadim, balki bu yangi qoidalardir. 

- Qolgan 4 tur uy-safar tizimida qolgani yaxshi bo'ldimi?
- Bu aniqmi? Sizdan eshityapman. Agarda shunday bo'lsa, PFLni to'liq qo'llab-quvvatlayman. To'g'risi, o'zimga ham shunday savol berayotgandim? Holat og'ir bo'lmasa, markazlashgan chempionat qilgandan nima mano? Biroq gapning ko'paymasligi uchun markazlashgan chempionat qilsa ham bo'ladi. Masalan, "Lokomotiv" markazlashgan chempionatni istashi mumkin. So'nggi to'rtta tur uchun jamoalarni yana Toshkentga yig'sak ham bo'ladi. O'shanda hamma o'yin neytral stadionlarda bo'lgandi. Bu ham yaxshi.






Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика