So’nggi yangiliklar

14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  6 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  5 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  7 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0

Dilyaver Vaniev: "G'alaba qozonmaganimiz juda alam qildi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "G'alaba qozonmaganimiz juda alam qildi"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan "Mashal" jamoasi katta murabbiyi Dilyaver Vaniev quyidagi fikrlarni bildirdi.

- O'yin haqida gapirishdan oldin bizga stadion bergan "Paxtakor" va markazlashgan chempionatning keyingi o'yinlari bo'lib o'tadigan boshqa stadionlar rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. PFL xavfsizlik yuzasidan o'yinlarni shu erda o'tkazishni lozim topdi. Bu qarorni hurmat qilamiz. Endi o'yinga keladigan bo'lsam, uch ochko qo'lga kirita olmaganimiz juda alam qildi. Tashabbus biz tomonda bo'la turib yuta olmaslik alamli. Men Viktor Balyutovichning o'yin uslubini yaxshi bilaman va shunga monand hozirlik ko'rgandik. "Andijon" asosan stantdart vaziyatlardan foydalanishga qaror qildi, biz esa uchta qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardik. Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.

- Hujumni yakunlashda oxirgi aniq pas etishmayapti. Buni qanday izohlaysiz?

- Nafaqat o'yin oxirida, balki uchrashuvning boshqa qismlarida ham shunday holat ko'zga tashlandi. Yaqinda ijaradagi ikki futbolchimiz qaytdi. Men ularga vaqt kamlik qildi demoqchi emasman. Faqat vaziyatdan foydalanish futbolchining o'zida bo'lishi kerak. Katta bolalarga golni qanday urishni o'rgatmaysiz-ku. Hech qaysi murabbiy buni o'rgata olmaydi. Nima qilib bo'lsa ham bu muammoni echishimiz kerak. Vaziyatlar borligidan xursandman, lekin gol bo'lmadi, shundan xafaman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика