Dilyaver Vaniev: "Aral" hech qanday bosimsiz futbol o'ynayapti"
28 may 2023 23:45
Yangiliklar
Dilyaver Vaniev: "Aral" hech qanday bosimsiz futbol o'ynayapti"
O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'ldi. To'g'ri, bugun biz g'alaba qozondik. Biroq, "Aral" jamoasi shunchaki futbol o'ynayapti. Ularda natija, turnir jadvali kabi bosim yo'q. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlar oson bo'lmaydi. G'alaba qozongan ekanmiz, demak shunday davom etamiz.
- Ikkinchi bo'limda "Mashal" ikkinchi raqamli sifatida o'ynagandek taasurot uyg'otdi...
- Aytib o'tdim, "Aral" hech qanday bosimsiz futbol o'ynadi. Balki shuning natijasida shunday ko'ringan bo'lishi mumkin. Biz o'yin davomida uslubni turlicha o'zgartirib boramiz.
- “Mashal" har 3 kunda o'yin o'tkazayotgani qiyin bo'lmayaptimi?
- Qiyin bo'lmayapti. Mavsum davom etayotganda xotirjamlik bo'lmaydi. Har bir futbolchi o'z hohishiga ko'ra maydonga chiqayapti. Tayyor yoki tayyor emasligini aytayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar