So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Dilyaver Vaniev: "Agapov qisqa fursat ichida chempionat to'purlari ro'yxatidan o'rin oldi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Agapov qisqa fursat ichida chempionat to'purlari ro'yxatidan o'rin oldi"

Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida 

- Bugungi o'yinda juda ko'plab vaziyatlar yaratdik. SHunday ekan, nega mag'lubiyat yoki durang haqida o'ylashimiz kerak? Golli vaziyatlarni ko'proq yuzaga keltirdikmi, demak g'alabaga haqli edik. O'yinning yakuni ham biz istagandek jamoamizning g'alabasi bilan yakunlandi. 

Bugungi o'yin har ikki jamoa uchun juda og'ir o'tdi. Garchi o'yin oxirida gol kiritib g'alabaga erishgan bo'lsak ham maydonda haqiqiy kurash kechdi. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik va olg'a intilishda davom etamiz.

- "Mashal" darvozasiga belgilangan penalti haqida fikringiz qanday?

- Hakam o'sha vaziyatda penalti belgiladimi, demak shunga yarasha asosi bo'lgan. Men hakamlarning xatolarini muhokama qilmoqchi emasman.

- Mikola Agapov ikki o'yindan buyon gol ura olmayapti. Bunga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?

- Agapov o'tgan turda "SHo'rtan" darvozasiga penaltidan gol ura olmadi. Biz undagi xolatni o'rganib chiqib ruhiy mummosi bor ekanini sezdik. Uning yurtida ayni vaqtda tinchlik emas, FIFA transferlarga ruxsat bergani tufayli Agapov hozir shu erda. Bunaqa vaziyatdan uydan uzoqda yurish oson emas, unga og'ir ekanini barchamiz tushunib turibmiz. SHunday bo'lsa ham u professionallik namoyish etayapti, qisqa fursat ichida chempionat to'purarlari qatoridan o'rin oldi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика