Dilshod Rahmatov: "Hozirgi darajamiz Nepal, Afg'oniston, Tojikistondan yuqori"
14 apr 2022 21:51
Yangiliklar
Dilshod Rahmatov: "Hozirgi darajamiz Nepal, Afg'oniston, Tojikistondan yuqori"
Saytimiz muxbiri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bir nechta futzalchimizdan fikr oldi. Quyida Dilshod Rahmatovning fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.
"Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bilasiz, Osiyo chempionatiga bosqichma-bosqich chiqiladi. Xudoga shukrki, saralashdan o'tib oldik. To'g'risini aytish kerak, darajamiz Nepal, Afg'oniston, Tojikistondan yuqoriroq. Ulardan kuchlimiz, deb o'ylayman. SHu bois o'yinlarda unchalik katta qiyinchilikka duch kelmadik. Keyingi oy Osiyo chempionatiga qura tashlanadi. Mazkur musobaqaga chempionlik uchun boramiz.
Osiyo chempionatida har bir raqib kuchli hisoblanadi. Agarda finalgacha etib borsak, Eron bilan to'qnash kelishimiz ehtimoli yuqori", – deydi Dilshod Rahmatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar