So’nggi yangiliklar

03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  19 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  0 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14

Dilshod Nuraliev: “SHo'rtan”ni mag'lub etganimizdan xursandmiz” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “SHo'rtan”ni mag'lub etganimizdan xursandmiz”

Kecha bo'lib o'tgan “Paxtakor-2” - “SHo'rtan” bahsida "paxtakorchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Yaxshi bilasiz, “SHo'rtan” oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogar hisoblanadi. SHunday ekan, bu jamoaga qarshi maydonga tushish futbolchilar uchun o'ziga yarasha qiziq bo'ldi. O'yin yakuniga etgach, jamoa bosh murabbiyi Dilshod Nuralievdan intervyu oldik.

-   Dilshod aka, g'alaba muborak bo'lsin! O'yin haqida nima deya olasiz?

-   Bugun birinchi liga peshqadamiga qarshi maydonga tushdik. Futbolchilarimiz raqib o'yinchilariga nisbatan birmuncha yosh bo'lishiga qaramay, qo'rqmasdan harakat qilishdi. Qolaversa, taktik ko'rsatmalarimni ham to'g'ri bajarishgani uchun o'yinchilarga rahmat aytmoqchiman. “SHo'rtan” futbolchilarining qanday kuchga egaligi menga malum edi. Ularda oliy liga havosini ko'rgan futbolchilar ko'p. SHu bois shogirdlarimga ehtiyot bo'lib o'ynash kerakligini uqtirdim. Birinchi taymda ikkita hujumimiz omadli chiqib gol urishga muvaffaq bo'ldik. Raqibda esa aytarli imkoniyat yuzaga kelmadi. Ammo tanaffusdan keyin raqib ancha jonlandi, natijada qarshi hujumda o'ynashga majbur bo'ldik.

-   Nimadir sizni qoniqtirmadimi?
-   Negadir zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni u qadar kuchaytira olishmadi. Bu esa meni hayron qoldirdi.

-   “SHo'rtan” oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri. Raqib misolida o'z jamoangiz kuchini ham ko'rib oldingiz to'g'rimi?
-   Men o'yindan oldin futbolchilarga aytdim: “SHo'rtan” birinchi liga klubi emas, ular oliy liga jamoasi, shunga yarasha yaxshiroq o'ynanglar. To'g'risini aytsam, jismoniy va taktik tomonlama “SHo'rtan”ning bizdan yaqqol ustun jihatlarini ko'rmadim. Lekin shunga qaramay, ularni kuchli deya olaman.

-   “SHo'rtan” raqibni mensimay maydonga tushdimi?
-   To'g'risini aytsam, birinchi taymda menga ham shunaqa tuyuldi. Ular yosh bolalar bilan o'ynayapmiz, bemalol yutamiz degan xayolda o'yinga chiqqan bo'lsa ajab emas. Futbolda diqqatni har doim bir erga jamlash kerak bo'ladi.

-   Jamoangiz oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
-   Biz farm-klubmiz, oliy liga chiqish vazifasini qo'ya olmaymiz. SHunday ekan, maqsadimiz “Paxtakor” asosiy tarkibi va o'rinbosarlariga futbolchi etkazib berish. SHuningdek, 1995-96 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasida Jamshid Boltaboev, Javohir Siddiqov, Ibrohim Abdullaev kabi futbolchilarimiz chaqirilmoqda. Bu ham bizni xursand qilmasdan qo'ymaydi. CHunki terma jamoalar hammamiz uchun birlamchi hisoblanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика