Dilshod Nuraliev: “Mavsumga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz”
13 mar 2014 13:36
Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “Mavsumga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz”
SHu kunlarda birinchi ligada ishtirok etadigan “Paxtakor-2” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bu jamoaning tayyorgarligi to'g'risida bosh murabbiy Dilshod Nuralievning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bu yil birinchi ligada qatnashadigan “Paxtakor-2”ning mavsumga tayyorgarligi qanday kechmoqda?
- Yanvar oyidan mashg'ulotlar o'tkazishga kirishganmiz. Dastlab asosan yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik. CHunki yurtimizda iqtidorli yoshlar juda ko'p va ularga imkoniyat berish lozim. Nazorat bahslarida yosh futbolchilarni tekshirib ko'rdik. Albatta, tarkibning asosiy qismini akademiyamiz tarbiyalanuvchilari tashkil qilishadi. Safimizda hozir 1995, 1996 va 1997 yillarda tavallud topgan futbolchilar mavjud. Ular birinchi ligida ishtirok etish orqali o'zlariga zarur o'yin amaliyotini to'plab borishadi. Futbolchilarning bir-birlarini tushunishi va jamoaviy o'yin saviyasini oshirish uchun nazorat o'yinlarida maydonga tushishga ham etibor qaratdik. PFL Kubogida ham yaxshi ishtirok etdik deb o'ylayman.
- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yiladi?
- Asosiy vazifa keyinchalik asosiy tarkibga munosib futbolchilarni etkazib berish. O'yin tizimini asosiy jamoaga mos holda olib borish. Bu orqali o'yinchilar asosiy tarkibga jalb etilganda ko'nikishda katta muammolarga duch kelishmaydi.
- Akademiya direktori lavozimida ham ish olib boryapsiz. Akademiyada qanday yangiliklar joriy etilyapti?
- Bu yildan har bir guruh mashg'ulotlarini ochiq tarzda o'tkazib, akademiya va klubimizga qarashli 16-bolalar va o'smirlar sport maktabida faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar bilimini oshirib borishga harakat qilyapmiz. Bunda murabbiylar bir-birlaridan turli yangiliklarni o'zlashtirib borishadi. “Paxtakor” akademiyasida barcha ishlarni talab darajasida yo'lga qo'yishga urinyapmiz.

Fikrlar