So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  4 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Dilshod Andaev: “Qo'qon-1912" bizni osonlikcha taslim etamiz deb o'yladi chog'i” Yangiliklar

Dilshod Andaev: “Qo'qon-1912" bizni osonlikcha taslim etamiz deb o'yladi chog'i”

“Qo'qon-1912” – “Mashal-2” (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Dilshod Andaevni suhbatga chorladik.

- Dilshod aka, jamoangiz bugun etakchi jamoaga qarshi o'ynab, g'alaba qozondi. Uchrashuv haqida nima deysiz?

- Jamoamiz uchun har bir o'yin qiyin. Lekin shunga qaramay har bir bahsga g'alaba uchun chiqamiz. Maqsadimiz esa “Mashal”ning asosiy jamoasiga va turli yoshdagi terma jamoalarimizga munosib o'yinchilarni etkazib berishdir. O'yinga keladigan bo'lsak, “Qo'qon-1912” yaxshi jamoa. Lekin mezbonlar bugun bizni osonlikcha yutamiz degan hayolga borishgan bo'lsa kerak. 

- Aytingchi, g'alaba ko'proq nimaning evaziga qo'lga kiritildi? “Qo'qon-1912” kuchsiz o'ynadimi yoki jamoangiz kuchli o'ynadimi?

- Rostini aytganda, “Mashal-2” bugun kuchliroq ko'rindi. Yigitlar uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandi. Bu o'yin davomida bilinib turdi. Yosh futbolchilarga barqarorlik etishmaydi. Bugun yaxshi o'ynasa, ertasiga aksincha bo'lishi mumkin. SHogirdlarimga bugungi mazmunli o'yin uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. 

- Agarda bugun jamoangiz durang qayd etganida, bu siz uchun qoniqarli natija bo'larmidi yoki...

- Albatta, oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoa bilan safarda durang o'ynash ham qoniqarli natija deyish mumkin. 

- Bugun “Mashal-2”ni g'alaba qozonishiga qanchalik ishongandingiz?

- Har bir o'yinga chiqishdan oldin, ishonch bo'ladi. O'yin tugaganidan so'nggina, mag'lub bo'lganimizga yoki g'alaba qozonganimizga amin bo'laman. 

- Qo'qondan uch ochko bilan qaytish bu siz uchun kutilmagan natija desa bo'ladimi?

- Ha. 

- Bugungi uchrashuvda ko'proq qaysi shogirdlaringiz ajralib turdi?

- Biz bir jamoamiz. Biror-bir o'yinchini alohida ko'rsatish noo'rin bo'lsa kerak. G'alaba butun jamoanikidir. 

- Jamoangiz keyingi ikki turni poytaxt jamoalariga qarshi o'tkazadi?

- SHunday. Biz har bir uchrashuvga raqib bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz. SHu bois “Istiqlol” va “Paxtakor-2” bilan bahsda ham yutishga harakat qilamiz.

- Jamoangiz chempionatni nechanchi o'rinda yakunlasa qoniqish xosil qilasiz?

- Biz uchun turnir jadvalidagi o'rin muhim emas. Asosiysi yoshlarni to'g'ri tarbiyalashdir.

- Joriy mavsum asosan yoshlar bilan birga ishladingiz. Lekin shunga qaramay nisbatan ijobiy natija qayd etdingiz. O'zingizni bu borada qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?

- Ha, bu yilgi chempionatdagi ishtirokimiz yomon chiqmadi. Yigitlarda o'sish bor. Lekin oldinda hal qilinadigan ishlar ko'p. Ishlashdan to'xtab qolmaslik kerak. 

- Qo'l ostingizdagi yigitlardan kimlarni asosiy jamoaga tavsiya qilgan bo'lardingiz?

- Buni bosh murabbiy hal qiladi. Agarda ixtiyor o'zimda bo'lganida, 5-6 nafar yigitlarni qo'rqmasdan asosiy jamoaga jalb etgan bo'lardim. Xusan Olimjonov, Sardor Abduraimov, Jafar Ismoilov hamda Humoyun Murtazoev shular jumlasidandir. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика