So’nggi yangiliklar

17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  0 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  3 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  4 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  10 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  4 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  20 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  5 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  6 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0

Rasmiy xabar: Dilshod Ahmadaliev AGMKga ko'chib o'tdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Dilshod Ahmadaliev AGMKga ko'chib o'tdi

Tarkibni yanada kuchaytirishga harakat qilayotgan va selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirayotgan jamoa navbatdagi transferga qo'l urdi.

AGMK o'tgan yillar davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan ajoyib qanot himoyachisi - Dilshod Ahmadalievni o'z safiga qo'shib oldi. Ajoyib tezlik va dribling sohibi endilikda «konchilar» libosida jamoa muxlislarini xushnud etishga intiladi. Dilshod Ahmadaliev erkin agent sifatida AGMK bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Dilshod Ahmadaliev 1994 yili Namangan viloyatining To'raqurg'on tumanida tavallud topgan va 2015 yili «Obod» safida harakat qilgan. 2016 yildan etiboran esa katta futbolda «Bunyodkor» jamoasi orqali faoliyat yuritmoqda. Himoyachi 2016-2020 yillar mobaynida «Bunyodkor» safida jami 128 o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilgan. Dilshod Ahmadaliev O'zbekiston chempionatida 101 o'yin, OCHLda 9 uchrashuv va kubokda 18 bellashuv o'tkazgan.

Ahmadaliev AGMK bilan shartnoma imzolaganidan baxtiyor va himoyachi AGMKdagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Dilshod Ahmadaliev: «AGMK ahil oilasiga qo'shilganimdan baxtiyorman. Ochig'i, jamoa almashtirib, o'zimni yangi muhitda sinab ko'rish payti kelgandi. Olmaliq tanloviga to'xtalganimni asosiy sababi bu Mirjalol Qosimov qo'l ostida harakat qilish ishtiyoqi bo'ldi. Qo'shoqovich bilan avval ishlaganman va bu menga maqul kelgan. AGMK bilan ichki musobaqalarda va xalqaro maydonda muvaffaqiyatli qatnashishni maqsad qilganman. O'ylaymanki, AGMKdagi faoliyatim nafaqat men uchun yangi sahifa, balki jamoamiz uchun ham qiziqarli va yangi muvaffaqiyatlarga boy bo'ladi. Yangi kollektiv va muhit menga yoqdi. Xudo xohlasa AGMK safida muxlislarni xursand qilishga bor kuchimni sarflayman».

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Dilshod!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика