So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  8 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

Dilmurod Karimov Dinamo bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi Yangiliklar

Dilmurod Karimov Dinamo bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

O'zbekiston Professional futbol ligasi yozgi transferlarga ruxsat bergach, Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Dinamo” klubi o'z safiga navbatdagi yangi futbolchini qo'shib oldi.

Bekobodning “Metallurg” klubi safidagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan, joriy mavsumning dastlabki yarmini “So'g'diyona” klubi safida o'tkazgan Dilmurod Karimov “Dinamo” jamoasi safiga qo'shildi. 29 yoshli yarim himoyachi “Dinamo” klubi bilan 2019 yil yakunigacha, yani 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Dilmurod Karimov Jizzax klubi safida ushbu mavsumda 11 o'yinda maydonga tushib, “Bunyodkor” va “Navbahor”ga qarshi o'yinlarda gol kiritgan edi.

Eslatib o'tamiz, PFL 18 iyundan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bergach, “Dinamo” so'nggi 10 kun ichida 5 nafar yangi futbolchi - Akmal Xolmurodov (“So'g'diyona”), Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Pavel Purishkin (“Metallurg”) va Dilmurod Karimovlar (“So'g'diyona”) bilan shartnoma imzoladi.

Bugun Pro-Liga 18-turi doirasidagi “Dinamo” – “Norin” uchrashuvida Pavel Purishkin va Dilmurod Karimovlar “Dinamo” safida debyut o'yinlarini o'tkazishlari mumkin.

“Dinamo” klubi ayni damda bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazishda davom etmoqda. Bugun yakunlanadigan Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyingi bir oylik davralar oralig'idagi tanaffusda jamoa tarkibida yana o'zgarishlar kuzatiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика