Diego Simeone: "Ertangi o'yinda biz favoritmiz deb aytmagan bo'lardim"
31 mar 2014 23:11
Yangiliklar


Diego Simeone: "Ertangi o'yinda biz favoritmiz deb aytmagan bo'lardim"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" bilan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'ylashimcha, ertangi o'yin "Barselona" bilan o'tkazgan o'yinlarimiz ichidagi eng keskin bahs bo'ladi. Kataloniyaliklar hozir o'zlarining ideal formasidalar. Raqibimiz ertangi o'yindayoq to'qnashuv taqdirini hal etishga urinib ko'rishadi. Biz o'zimizni favorit deyishimiz to'g'ri emas. Bu qo'pol eshitiladi. Men unday demagan bo'lardim. "Barselona"ga etarlicha qarshilik qilishga harakat qilamiz. Bu uchrashuv fantastik tarzda kechadi deb o'ylayman. Bizni juda muhim bellashuv kutib turibdi. Menimcha, erataga "Barselona" "Real"ga qarshi qanday o'ynagan bo'lsa, bizga qarshi ham shunday harakatlanadi.

Fikrlar