Dide Drogba Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi
26 apr 11:20
Yangiliklar
Dide Drogba Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi
Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Dide Drogba sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi.
"Lionel Messiga hozir to'xtashni maslahat bergan bo'lardim, u shundoq ham futbol uchun ko'p ish qildi. So'nggi jahon chempionatidagi g'alaba uni yanada afsonaviy qildi. U ajoyib o'yinchi!", - dedi Drogba.
37 yoshli Messi 2023 yilning yozidan buyon "Inter Mayami" safida o'ynamoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar