Andrey Miklyaev: "O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan birini yutib, mavsumni yuqori notada tugatganimizdan mamnunmiz"
27 noy 2021 17:50
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan birini yutib, mavsumni yuqori notada tugatganimizdan mamnunmiz"
- O'yin haqida
- O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan birini yutib, mavsumni yuqori notada tugatganimizdan mamnunmiz. SHu bilan birga, ularga qiyin bo'lganini tushunaman. CHunki 2 kun oldin AGMKga qarshi qiyin o'yin o'tkazishgandi. Balki yigitlar tiklanib ulgurishmagandir. "Nasaf"ga omad! Kubokni yutgan holda CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishlarini tilayman. 0:1 bo'lib turganda, o'yin taqdirini o'zgartirib yubora oldik. Endi yaxshi kayfiyatda tatilga yo'l olamiz. Keyingi mavsumni kutib qolamiz.
- Birinchi taym ikkinchi taymdan farq qildi. SHuningdek, zaxiradan tushgan futbolchilar haqida fikringiz qanaqa?
- Birinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda esa to'p nazoratini qo'lga olib, ustunlikka ega bo'ldik. Qo'shimchasiga bir kishi ko'p bo'lib ham o'ynadik.
Zaxiradan tushgan futbolchilarga kelsak, ular g'alabada katta hissa qo'shishdi.
Fikrlar