So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Denis Korostichenko: "Oxirgi 2 o'yinda gol o'tkazmaganimiz odamni quvontirmoqda" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Oxirgi 2 o'yinda gol o'tkazmaganimiz odamni quvontirmoqda"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Lokomotiv" (0:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, jamoamiz futbolchilari, rahbariyat va muxlislarni g'alaba bilan muborakbod etaman. Qo'lga kiritilgan 3 ochkoni klubimiz muxlislariga bag'ishlaymiz. "Neftchi" juda kuchli jamoa ekanligini etirof etishimiz lozim. Omad bizga klub boqdi. Raqib talaygina imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo undan foydalana olmadi. Jiddiy kurash olib bordik va g'alaba qozondik.

- "Lokomotiv" 2 o'yindan buyon gol o'tkazmagan holda g'alaba qozonmoqda. Bu jamoani chempionlikka olib borishga qadar ruhlantira oladimi?

- Savolingiz uchun rahmat. Biz maksimal darajada natija ko'rsatib, yuqori o'rinlardan birida bo'lishni xohlaymiz. CHempionatda kuchli klublar ko'p. Ushbu mavsumda nisbatan yosh tarkibga egamiz. Himoya chizig'imizda ham tub burilishlar kuzatildi. Oxirgi 2 o'yinda gol o'tkazmaganimiz odamni quvontirmoqda. Umid qilamanki, buni chempionat oxirigacha saqlab qola olamiz. Qancha kam gol o'tkazsak, shuncha yuqori o'rinda bo'lishimizni yaxshi tushunamiz. Maqsadimiz – imkon qadar yuqori o'rinni egallash.

- "Lokomotiv" 3 ta mehmon o'yinda yutqazgandi, bugun g'alaba qozondi. Futbolchilarni ruhan yaxshi tayyorlaganmidingiz?

- Biz oldimizga uy o'yinlarida ochko yo'qotmaslik vazifasini qo'yganmiz. Bunga astoydil harakat qilamiz. Mehmonda esa albatta, har qanday jamoaga og'ir bo'ladi. Bugun "Neftchi" Farg'onada o'ynamayotgani ham ularga tasir ko'rsatgandir. Buni yigitlarimizga tushuntirib, g'alabaga erishish uchun yaxshi imkoniyat borligini uqtirgandik.

- G'ulomhaydar G'ulomovga etiroz bildirdingiz. U yaxshi o'ynayotgan edi-ku...

- U jarohat orttirib olgandi. Sekin-asta tiklanib bormoqda. "Dinamo" bilan bahsni o'tkazib yuborgandi. O'tgan o'yinda ozgina vaqt ajratdik. 

Bugun Maxaradze diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmadi, shu bois G'ulomov maydonga tushirildi. Biroq jismoniy jihatdan tayyor bo'lmagani uchun uni to'liq o'ynata olmadik.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика