Denis Korostichenko: "Hakamning qarorlarini muhokama qilmayman. PRO-Ligada "Lokomotiv"dan kuchli jamoa yo'q"
09 okt 2023 18:46
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Hakamning qarorlarini muhokama qilmayman. PRO-Ligada "Lokomotiv"dan kuchli jamoa yo'q"
PRO-Liganing 20-turi doirasida "Mashal" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.
"Asror Aliqulovni g'alaba bilan tabriklayman. Uni hurmat qilaman, inson va murabbiy sifatida u menga yaqin inson, yaxshi taniyman. Ushbu mavsum Pro-ligada kuch borasida hech qaysi jamoa "Lokomotiv"dan kuchli emas. Boshqa hech nima deyishni istamayman"
- Bosh hakamning qarorlarini baholay olasizmi?
- Yo'q.
- Bugungi o'yinda jamoaning ko'plab futbolchilari sariq kartochka oldi. "Lokomotiv" nafaqat ochkolar bo'yicha, balki, tartib-intizomda ham yuqori o'rinlarda edi. Bu bugungi o'yin bilan bog'liqmi?
- Savol uchun rahmat. Futbolni tushunadigan inson bugun nimalar bo'lganini bildi. SHu sababli ortiqcha gaplar ham shart emas.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar