So’nggi yangiliklar

17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  3 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  43 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  7 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  27 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2

Denis Istomin uchun 2017 yilgi mavsum qanday o'tdi? (tahlil) Yangiliklar

Denis Istomin uchun 2017 yilgi mavsum qanday o'tdi? (tahlil)

Teglar :  IstominTennis
Denis Istomin haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo ko'z oldimizda "TOP100"ning doimiy azosi gavdalanadi.

2016-yil Denis uchun muvaffaqqiyatsiz yakunlangandi. CHunki o'sha yili Istomin 2010 yildan beri ilk bor mavsumni "TOP100"dan tashqarida (121-o'rinda) yakunladi. O'yinlar statistikasi - 28-32. Mag'lubiyatlar soni ko'proq. O'sha paytlar "nahotki Istominning davri o'tdi, hali unga munosib izdoshlar etishib chiqmadiku" degan o'y-hayollar odamni ichini g'ash qilardi. Keling endi bir boshidan gaplashsak.

2016 yil ATP turnirlar yakuniga etdi. Odatda Istomin Parijdagi "Masters"dan so'ng mavsumni yakunlar va yangi yilning ilk kunidan boshlanadigan Avstraliya turnesigacha (dam olishga) sal kam ikki oy vaqti bo'lardi, ammo o'tgan yil bunday bo'lmadi. Yanvar oyining o'rtalarida boshlanadigan "Australian Open"ni asosiy davradan boshlash uchun tennischi kamida "TOP100"ga kirishi lozim edi. SHuning uchin Istomin Parijdagi "Masters" turniridan keyin ham tatilga chiqmadi, ATPdan so'ng ikkinchi o'rinda turadigan "CHellenjer"larda ishtirok etdi. "CHellenjer"da to'plagan ochkolari etmagach, unda oxirgi umid Osiyo-Okeaniya saralash o'yinlari bo'lib qoldi. AO (Australian Open) tashkilotchilari har yili dekabr oyida asosiy to'rga to'g'ridan-to'g'ri o'tish uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalariga yagona chipta berishadi. Buni qaranki Denis ushbu saralashda barcha raqiblarini mag'lub etib, o'sha chiptani qo'lga kiritadi.

Yangi yildan so'ng Denis ananasiga ko'ra Qatarga yoki Avstraliyada bo'lib o'tadigan ATP turnirlarida ishtirok etishi kerak edi. Lekin bu safar sportchi Tailandda bo'ladigan  "Bangkok CHellenjer"ga yo'l oldi va u erda ikkinchi davrada reytingi o'zidan ancha pastda bo'lgan chililik yosh Kristian Garinga uch setda 6-3, 4-6, 5-7 hisoblarida imkoniyatni boy beradi. Ana shunday paytlarda ko'ngildagi g'ashlik yanada kuchayib borardi.

Oradan ikki hafta vaqt o'tdi va nihoyat AO "Katta dubulg'a" musobaqalarining dastlabkisi. Qura natijalarini intiqlik bilan kutardim va nihoyat ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodig duch keldi. Ko'ngil biroz hotirjam. Xech bo'lmasa 45 reyting ochkosini ishlab olar degan hayollar o'tdi behosdan. Istomin Ivan Dodigni 4 setda mag'lub etdi. Ikkinchi davrada Denisni haqiqiy sinov kutarda: kimsan dunyoning o'sha paytdagi ikkinchi raketkasi Novak Jokovich! O'yinni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qildim. Uchrashuv sal kam besh soat davom etdi. Mana shu uchrashuvdan so'ng Istominni butun dunyo taniy boshladi.



Istomin Jokovichni 5 setda 7-6(8), 5-7, 2-6, 7-6(5), 6-4 hisoblarida mag'lub etdi va O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Hammasi yaxshi edi, Jokovich mag'lub etilgandan so'ng keyingi raqibning kim ekanligini umuman farqi yo'q edi. Men uchun u kim bo'lishdan qatiy nazar Istomin uni ham mag'lub eta oladi deb ishonardim va shunday ham bo'ldi. Uchinchi davrada uni...


O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi haqidagi maqolaning to'liq qismini quyidagi sahifa orqali o'qing > > > Denis Istomin uchun 2017 yilgi mavsum qanday o'tdi? (Yil sarhisobi)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика