So’nggi yangiliklar

14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  0 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  1 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  1 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  1 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  3 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  12 11:44U-17 ЖЧ старт олди. ОКда чорак финалда қолиб кетган Япония Африка чемпиони Марокашни таслим қилди, ўзбек ҳаками бошқарган ўйинда Месси ватандошлари ғолиб  5 11:35Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "Насиб қилса, Баҳрайндан уч очко билан қайтамиз"  5 10:40"Бунёдкор-2011" халқаро турнирда совриндорга айланди  3 10:09"Эльче" — тарихда "Барселона"дан кўпроқ тўп назоратига эга бўлган илк янги жамоа  2 09:55Венсан Компани: "Олдимизда Чемпионлар Лигасининг фаворитларидан бири билан синов турибди"  0 09:35Легионерларимиз. Умарали Раҳмоналиев тўлиқ ўйнаган баҳсда "Сабаҳ" ғалаба қозонди  1 09:15Хаби Алонсо "Реал Мадрид"га янги Кроосни топди  4 08:55Легионерларимиз. Рустам Ашурматов Эрон чемпионати 9-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2

Federer, Nadal, Jokovich qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi yohud klublarning eng mashhur muxlislari Yangiliklar

Federer, Nadal, Jokovich qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi yohud klublarning eng mashhur muxlislari

Teglar :  Tennis
Dunyoda futbolni yoqtirmaydigan insonlar kamchilikni tashkil qiladi.

Jahonning eng mashhur sportchilari ham futbolning shaydosi ekanligi ajablanarli emas. Sayyoramizning eng kuchli tennischilari qaysi futbol klubiga muxlislik qilishlarini bilasizmi? Biz sizga "Kuchli uchlik" va jahonning eng mashhur tennis yulduzlarining sevimli jamoalari nomini malum qilamiz. Ro'yxatni o'z rekordlarini o'zi yangilayotgan tennischi Rafael Nadaldan boshlaymiz. 


Rafael Nadal (Ispaniya)

Sevimli klubi: "Real Madrid"

"Katta Dubulg'a" turnirlarining 21 karra chempioni, ispaniyalik Rafael Nadal "Real Madrid" klubi muxlisi ekanligi ko'pchilikka malum. U bolaligidan "Qirollik klubi"ning ashaddiy muxlisi bo'lib kelgan. Tennischi "Real"ning ko'plab yulduzlari bilan yaqin do'st. U sevimli jamoasi ishtirokidagi barcha muhim o'yinlarda "Santyago Bernabeu"dan turib qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. SHuningdek, klubdagi do'stlari ham Rafani o'yinlarini ko'llash uchun turnirlarga tashrif buyurib turishadi. Birgina misol, "Real" futbolchilari 2019 yilda tennis bo'yicha Mutua Open turnirida Rafani kortning o'zidan qo'llab-quvvatlashgan. O'shanda u erda Luka Modrich, Serxio Ramos, Keylor Navasni va xatto afsonaviy Ronaldoni uchratish mumkin edi.


SHuningdek, Krishtiano Ronaldo "Qirollik klubi"da to'p tepgan vaqtlarida har yili do'stini qo'llash uchun kortga tashrif buyurardi. Bundan tashqari Florintina Peres ham Nadalning o'yinlarini bir necha marotaba arenadan kuzatib borgan.

"Real Madrid" va Rafa o'rtasidagi iliq munosabatning yana bir isboti sifatida uning klub prezidenti Florentino Peres bilan aloqalarini aytish mumkin. Florentino Peres Nadalni hurmat qilishini va Rafa har doim uni lol qoldirishini takidlaydi. Peres 2019 yilda kelajakda Nadal "Real Madrid"ning prezidenti bo'lishiga ishonishini aytgan. "Qaymoqranglilar" rahbari Nadalni nafaqat klubning eng yaxshi elchilaridan biri deb biladi, balki uni o'zining vorisi sifatida ham ko'radi: “Men Nadalni barcha davrlarning eng yaxshi ispaniyalik sportchisi deb bilaman. Buning sababi u "Real Madrid"ga muxlislik qilgani uchun emas uning xizmatlari katta va hurmatga loyiqligida. Men kelajakda Nadal "Real" prezidenti bo'lishiga ishonaman"-degandi Peres.

SHuningdek, Nadal 2011 yilda Madrid jamoasining faxriy prezidenti bo'lgandi. Oradan bir necha yillar o'tganidan so'ng Nadalni balki "Qirollik klubi" prezidenti sifatida ko'rarmiz. 


Rojer Federer (SHveycariya)

Sevimli klubi...


Materialning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Federer, Nadal, Jokovich qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi yohud klublarning eng mashhur muxlislari

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика