Denis CHerishev: Musobaqa boshlanmasdan oldin hech kim ishonmagandi
02 iyu 2018 09:20
Yangiliklar
Denis CHerishev: Musobaqa boshlanmasdan oldin hech kim ishonmagandi
Rossiya termasi yarim himoyachisi Ispaniya ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Dadamning o'yin vaqti qattiq asabiylashmaganiga umid qilaman, meni uni qattiq yaxshi ko'raman. Hech kim musobaqa boshlanmasdan oldin bunday muvaffaqiyatga ishonmagandi. Biz Ispaniyaga qarshi o'yinda yaxshi himoyalandik, to'psiz yaxshi o'ynadik va oqibatda penaltilar bo'yicha g'alabaga erishdik. Endi butun mamlakat biz bila faxrlansa bo'ladi. Penaltini bajarishdan oldin nima haqida o'yladim? Gol urish uchun qanday qilib yaxshiroq zarba berish to'g'risida. Atrofda 80 ming muxlis emas, to'p va men bordek tasavvur qilishga harakat qildim»,—dedi Denis.
Fikrlar