So’nggi yangiliklar

18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  7 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6

Denis Bushuev: "Turon" futbolchilari va murabbiylar shtabiga vaziyatni normallashtirgunga qadar uch-to'rt kun dam berildi" Yangiliklar

Denis Bushuev: "Turon" futbolchilari va murabbiylar shtabiga vaziyatni normallashtirgunga qadar uch-to'rt kun dam berildi"

Teglar :  Denis BushuevTuron
"Turon" murabbiyi Denis Bushuev Championat.Asia saytiga bergan intervyusida klubdagi vaziyat haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda yaypanliklar bosh homiysi ("Turon Eko Cement") klubni moliyalashtirishni to'xtatgani haqida malumot paydo bo'lgan edi.


- Klubda moliyalashtirishda muammolar borligini qanday va qachon bildingiz?

- Bu haqqda kecha tongda Qirg'iziston olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng xabar oldim. Muammo to'g'risida oldindan hech narsa deb bo'lmasdi: biz yig'ilish o'tkazdik, keyingi hafta uchun reja tayyorladik. Kecha oqshom esa umumiy yig'ilish bo'lib o'tishi, unda rahbariyat klubni moliyalashtirish to'xtatilganini elon qilishini aytishdi.

- “Turon”ni boshqarish taklifini qabul qilganingizda, klub barqarorligi uchun qandaydir kafolat berilgandimi?

- Klubning qanday harakatlar amalga oshirmoqchi ekanligi haqida tushuncha bor edi. Mening oldimda bir nechta boshlang'ich o'yinlardan so'ng jamoani Pro ligaga tushib ketish zonasidan olib chiqish vazifasi qo'yilgandi. Yordamchim bilan birgalikda "Turon"ning taklifini tahlil qildik va yakunda qabul qildik. Etarlicha ishonchimiz bo'lmaganida, jamoani boshqarmagan bo'lardik.

- Klub bilan shartnomani rasman bekor qildingizmi?

- Hozircha yo'q. “Turon” rahbariyati futbolchilar va murabbiylar shtabiga uch-to'rt kun dam berib, vaziyatni qandaydir yo'l bilan to'g'irlashga harakat qilmoqchi. Bunga erishiladimi-yo'qmi, bilmayman. Lekin hammasi iziga tushishi bilan jamoaga qaytishga tayyorman.

- “Turon”ni moliyalashtirish masalasi qanday hal etilishi haqida malumot bormi? Avvalgi homiy qaytishi mumkinmi yoki klub yangi homiy topadimi?

- Ikkala variantdan biri bo'lishi ham mumkin. Biroq, takror aytaman, men uchun asosiysi, klubning o'z faoliyatini davom ettirishi hisoblanadi. Hozir klubda nimalar bo'layotganini bilmayman. Aytmoqchimanki, avvalgi rahbariyat ishlash uchun juda yaxshi sharoit yaratib bergandi. Vaziyat normallashishini va joriy mavsumda oldimizga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishda davom etishimizni istardim.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика