So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Dedlaynda amalga oshgan bir qator transferlar (qisqacha) Yangiliklar

Dedlaynda amalga oshgan bir qator transferlar (qisqacha)

Kecha Evropada qishki transfer oynasi yopildi.

Saytimizda bir qator xaridlar haqida xabar berdik. Dedlaynda amalga oshgan oxirgi transferlarni ham qisqacha eslab o'tamiz:

Galeno (poziciyasi – chap qanot yarim himoyachisi)

“Braga”dan “Portu”ga 9 mln evro evaziga transfer bo'ldi

SHartnoma: 4,5 yil


Ruben Semedo (poziciyasi – markaziy himoyachi)

“Olimpiakos”dan “Portu”ga ijaraga o'tdi

SHartnoma: mavsum oxiriga qadar


Neko Uilyams (poziciyasi – o'ng qanot himoyachisi)

“Liverpul”dan “Fulxem”ga ijaraga o'tdi

SHartnoma: mavsum oxiriga qadar


Islom Slimani (poziciyasi – hujumchi)

Erkin agent sifatida “Lion”dan “Sporting”ga o'tdi

SHartnoma: 2023 yil yozigacha


Jan-Filipp Mateta (poziciyasi – hujumchi)

“Maync”dan “Kristal Pelas”ga 11 mln evro evaziga transfer bo'ldi

SHartnoma: 2026 yil yoziga qadar


Reynildo Mandava (poziciyasi – chap qanot himoyachisi)

“Lill”dan “Atletiko”ga 3 mln evro evaziga transfer bo'ldi

SHartnoma: 2025 yil yoziga qadar


Den Bern (poziciya – markaziy himoyachi)

“Brayton”dan “Nyukasl”ga 15 mln evro evaziga transfer bo'ldi

SHartnoma: 2.5 yil


Ignas Van der Brempt (poziciyasi – o'ng qanot himoyachisi)

“Bryugge”dan “RB Zalcburg”ga 5 mln evro evaziga transfer bo'ldi

SHartnoma: 2025/26 mavsum oxiriga qadar


Jovane Kabral (poziciyasi – vinger)

“Sporting”dan “Lacio”ga ijaraga o'tdi

SHartnoma: mavsum oxiriga qadar va sotib olish huquqi ham bor

+BONUS

Roberto Karlos (poziciya – chap qanot himoyachisi)

Angliyadagi xavaskorlar ligasi jamoasi “SHrusberi Taun”ga bitta o'yin o'tkazish uchun o'tdi. U bahsni zaxiradan boshlaydi va ko'rgazmali uchrashuvdan tushgan mablag' xayriya yo'lida sarflanadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика