So’nggi yangiliklar

16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  0 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  7 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  8 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1

De Bryuyne: "Mourino menga "CHelsi" futbolchilarining saviyasiga mos emasligimni aytgan edi" Yangiliklar

De Bryuyne: "Mourino menga "CHelsi" futbolchilarining saviyasiga mos emasligimni aytgan edi"

Teglar :  Kevin de Bryuyne
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "CHelsi"da o'ynagan kezlari Joze Mourino bilan qanday munosabatda bo'lgani haqida so'zlab berdi.

Belgiyalik 2012-2014 yillarda londonliklarga tegishli edi, ammo u APLda bor-yo'g'i 3 ta uchrashuvda maydonga tushadi va keyinroq "Volfsburg"ga o'tib ketadi.

"Joze barcha hujumkor yarim himoyachilarni yig'di. U bizga olti futbolchisining statistikasini ko'rsatdi - oshirmalar, paslar foizi, golli paslar, dribling. Mourino men boshqalarning saviyasinga mos emasligimni isbotlashga uringan.

Unga shunday degandim: "Kechirasiz bu mantiqsizlik. Men maydonda qolganlarda ko'ra kamroq vaqt o'tkazyapman. Qanday qilib meni ular bilan solishtirish mumkin? Bu nohaqlik".

Keyin esa mashg'ulotlarga etarlicha etibor bermayotganim haqida xabarlar chiqdi. Ammo meni taniydigan odamlar bu yolg'onligini bilishardi. Bir necha oy o'tib "Volfsburg"ning muxim futbolchilaridan biriga aylandim va jahon chempionatida ham yomon ishtirok etganim yo'q. Men shunchaki futbol o'ynashni yaxshi ko'raman. Zaxirada baxtsiz insonga aylanaman.

"Styaua"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvidan so'ng Mourino meni tanqid qilganidan keyin, men mashg'ulotlarda borimni berib ishlay boshladim, xatto dam olish kunlari ham shug'ullanganman. Ammo hech narsa o'zgarmadi va meni qo'yib yuborishlarini so'radim.

Mourinoning takidlashicha, yaxshi futbolchiligim tufayli u meni xatto ijaraga ham berishni istamagan. Ammo nima ham qila olardim? "CHelsi" meni ijaraga bermoqchi bo'ldi. Men esa klubni tark etishni istardim" - deydi belgiyalik.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика