So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  33 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

Davronbek Karimov: Futbolga bo'lgan qiziqish “Norin”ni qayta tiklashga turtki berdi” Yangiliklar

Davronbek Karimov: Futbolga bo'lgan qiziqish “Norin”ni qayta tiklashga turtki berdi”

Teglar :  Norin
Haqqulobodliklar kelasi yil yana birinchi ligada ishtirok eta boshlaydi. Bu yil “Norin”ni qayta tiklash tashabbusi tumandagi tadbirkor inson Davronbek Karimovdan chiqqan.

“Norin-teks” ig-egiruv korxonasi rahbari futbolning chinakam ishqibozi bo'lgani uchun ham tumanga katta futbol qaytishida amaliy yordam berib kelmoqda. Farg'onada o'tgan pulka bahslarini qoldirmasdan kuzatib borgan Davronbek Karimov jamoasi birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgach, saytimizga dastlabki intervyusini berdi.

- “Norin” jamoamiz birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritganidan hozir juda mamnunman. Xursandchiligim cheksiz. Nihoyat maqsadimizga erishdik – deya gap boshladi Davronbek Karimov.  

- Millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish tufayli “Norin”ni qayta tiklashni maqsad qilgandik. O'z vaqtida Haqqulobodda katta futbol bo'lgan. Ammo so'nggi 18 yildan buyon jamoa yo'q edi. Tumanimiz hokimi rahnamoligida bu yil jamoa tuzishga erishdik. “Norin-teks” korxonasining homiyligida “Norin” kelasi yil o'zini har jihatdan ko'rsatadi degan umiddaman.

- Haqqulobodlik bo'lgan futbol kishilari – Rustam aka Hamidovni jamoa boshlig'i sifatida tayinlaganmiz. Bosh murabbiylikka esa sobiq futbolchi Fayzullo Ahmedovni olib kelganmiz. Bular o'z vaqtida “Norin”da o'ynashganini muxlislar yaxshi bilsa kerak. Qisqa fursat ichida kurashchan jamoa tuzilishida ularning ham hissasi katta bo'ldi.  


- “Norin” bu yil Namangan viloyati chempionatida munosib ishtirok etib, birorta ham mag'lubiyatga uchramadi. Ko'nglimiz to'ldi. Pulkada ham yigitlar ishonchni oqladi.

- Ayni paytga kelib jamoadagi sharoitlar yaxshi tomonga o'zgartirib borilmoqda. Stadonimiz yaqinda tamirdan chiqarildi. Futbolchilar uchun baza muammo emas. Ularga “Norin-teks” korxonasidan maxsus joy ajratilgan. Bosqichma-bosqich PFL talablari bajariladi va professionallik sari xarakat qilamiz.

- Klubda moliyaviy sharoitlarni o'rtacha deyish mumkin. Kelasi yil ham chempionatda munosib ishtirok etish uchun bu borada muammo tug'dirmaslikka urinamiz. SHu kungacha yigitlarni xizmatlari uchun munosib taqdirlab keldik. Bundan keyin ham shunday bo'ladi. Tumanimiz hokimi Azamjon Sultonov ham bu borada bizni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Eng asosiysi tumanga katta futbolni qaytarish bilan birga sog'lom-turmush tarzini ham keng tadbiq etishni o'ylayapmiz.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика