So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Davron Fayziev: “So'g'diyona” yirik mag'lubiyatga loyiq emas edi" Yangiliklar

Davron Fayziev: “So'g'diyona” yirik mag'lubiyatga loyiq emas edi"

Oliy liga 2-turidan joy olgan “Lokomotiv” - “So'g'diyona” jamoalari bahsidan (3:0) so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
"Barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli bo'ldi. "Lokomotiv" osonlik bilan g'alaba qozonmoqchi ekanligi ko'rinib turgandi, biz bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bugun jamoam yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emasdi. Birinchi goldan keyin yigitlarda ruhiy sinish kuzatildi. Mavsumni vice-chempion va chempionga qarshi o'tkazish og'ir albatta. Endi o'z maydonimizdagi ochilish o'yiniga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

Penalti? Hakam hushtak chaldimi demak penalti bor ekan. Hakam hech qachon qarorini o'zgartirmaydi.

Bu yilgi vazifamiz o'tgan mavsumdagi natijamizdan yuqori o'rinni olish. Yani eng kamida 10-o'rinni egallash. O'tgan yilgi tarkibdan 3 kishi qoldi, deyarli yangi jamoa tuzdik. Keyingi turlarda "Olmaliq" va "Nasaf" bilan o'ynaymiz. Almashtirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q, ularni o'rnini to'ldira olamiz. Faqat vaqt kerak bo'ladi.

Bugun odamni xursand qilgan jihat bu yigitlarimda o'yindan oldin taslim bo'lish holati yuz bermadi.

Nega jamoa futbolchilar bilan 2-3 yillik shartnoma taklif qilmaydi? Futbolchilarga 2 yillik shartnoma taklif qilsam ularda ishonch yo'q. Bazida xatto futbolchilar 6 oyga shartnoma tuzaylik deydi. Qaysidir o'yinchini chaqirsam birinchi savoli qancha pul berasiz deydi. O'sishni o'ylamaydi faqat pulni o'ylaydi, - deydi Fayziev.  
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика