So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

Davron Fayziev: "Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar deyarli qolmadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar deyarli qolmadi"

Pro-liga uchinchi turidan o'rin olgan "Yunired" – "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yinga tashrif buyurgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. O'yin qiziqarli bo'ldi. "Yunired" jamoasi Pro-ligada o'z nomiga, kurashuvchanlik qobiliyatiga ega jamoa. Biz raqibning o'tgan o'yinini o'rganib chiqqanimizda, ular "Dinamo" bilan bir xil o'yin ko'rsatishganiga guvoh bo'lgandik. SHunga qarab bugun ham o'z rejamizni tuzdik. Maqsad birinchi golni kiritib olish edi va bunga erishdik. Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar deyarli qolmadi. Barchasi uchrashuvlar qiziqarli bo'lmoqda. Kecha ham juda ajoyib o'yin bo'ldi. Pro-liga ancha o'sdi. Biz esa o'z yo'limizda davom etamiz. Kamchiliklarimiz bor, ularni yaxshilashga harakat qilamiz. Endi "Nasaf"ga qarshi kubok o'yiniga tayyorlanamiz. 

- Davron aka, bir necha yildan beri Pro-ligada ishlayapsiz. O'rtadagi tafovutni, farqni qanchalik sezdingiz?

- Men farqni emas, Pro-liga kuchayganini sezdim. Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida bir necha o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganimizda va o'yinlarni ko'rganimda ham unchalik ham katta farq sezmadim. Hozir Pro-ligadagi barcha jamoada Superligada o'ynagan futbolchilar o'ynamoqda. Osonlikcha hech kim jon bermayapti. Maqsadga har doim qiyin yo'ldan boriladi. Biz bu yo'lni rahbariyat bilan engib o'tamiz, albatta. 

- Davron aka, vodiyda futbolni juda sevishadi. Siz voha va boshqa hududlarda ishlagansiz. "Qo'qon-1912"da homiylar, shart-sharoitlar borasida ahvol qanday?

- Men Samarqand yoki "Lokomotiv"da ishlaganman. Ular bilan solishtirsa, bizda biroz pastroq. Lekin, hozir barcha ishlarimiz joy joyida. Homim masalasida menda aniq malumot yo'q, lekin hozircha shahar hokimiyati bizga yordam bermoqda. Tez orada bizga asosiy homiy biriktirilishi borasida aytishgan, shuni kutib turibmiz. Pro-liganing aksariyat jamoalari o'z homiylariga ega. Biz ham o'ylaymanki, tez kunlarda homiylarga ega bo'lamiz.

- Davron aka, oxirgi o'yinlarda uchrashuv taqdirini tajribali futbolchilar hal qilishmoqda. Bu Pro-ligada yangi avlod chiqmayotgani bilan bog'liqmi yoki tajribali futbolchilar o'zlarini Pro-ligada yaxshi his qilishmoqdami?

- To'g'ri aytib o'tdingiz. Klubda o'z akademiyasi bo'lmasa, baribir tajribali futbolchilarga tayanadi, yosh futbolchilar kam bo'ladi. Bunga qisman qo'shilaman. Hozirda qo'qonlik yosh futbolchilarimiz bor. Endi ularni pishirish kerak. Akademiya va musobaqalar o'tkazmagan futbolchilar katta jamoalarda yo'qolib qolishadi. Boshqa jamoalarda legionerlar ko'p. Biz esa legionerlar bilan maqtana olmaymiz. Jamoamiz tajribali futbolchilar va yoshlarga tayanadi. Yil boshida ham buni aytganmiz. Kelgusida yoshlarimizga ham o'yin amaliyoti beriladi va yangi nomlarga ham ega bo'lamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика