So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  13 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   23 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Davron Fayziev: “Dinamo” Liga Kubogida finalgacha borishga intiladi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Dinamo” Liga Kubogida finalgacha borishga intiladi”

O'zbekiston Liga Kubogi 1-turi doirasidagi “Dinamo” – “Surxon” (5:0) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'yin haqida fikr bildirdi.

- Yangi turnir sanalmish Liga Kubogini ajoyib tarzda boshladik. Bilishimcha, yangi turnir saviyasi yanada oshiriladi. Bugun muxlislarga yoqadigan chiroyli o'yin o'tkazdik. Yakunda yirik hisobda zafar quchishga muvaffaq bo'ldik. Endi kelasi uchrashuvlarga ham xuddi bugungidek jiddiy hozirlik ko'rishga va shunday g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Liga Kubogidagi vazifamiz haqida gapiradigan bo'lsam, ushbu musobaqada oldimizga qo'ygan maqsadimiz – Liga kubogi musobaqasi finaliga qadar etib borish. Bazi jamoalar balkim kubok bellashuvlaridan ko'ra ichki chempionatda yaxshiroq ishtirok etishni ko'zlar. Biz esa o'zimiz ishtirok etadigan har uchala turnirda ham munosib qatnashishga va Samarqand ahlini xursand etishga bel bog'laganmiz.

Ochig'ini aytaman, bugun maydonga o'yin amaliyoti kamroq bo'lgan tarkibimizni tushirgandim. Ammo bu tarkibimiz ham ko'rsatmalarni ajoyib tarzda bajarib, barcha futbolchilarimiz juda yaxshi o'yin namoyish etdi. SHaxsan o'zim bosh murabbiy sifatida Superliganing navbatdagi turlari, jumladan “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yinda qaysi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritish borasida jiddiy va yoqimli boshog'riqqa duch kelaman. Sababi bugungi tarkibimiz ham yuqori darajada o'yin namoyish etdi. Qo'l ostimdagi 27 nafar futbolchi ham asosiy tarkibga munosib bo'lmoqda. Bugun yigitlar sinovdan juda yaxshi o'tishdi.

CHindan ham bunday yirik hisobli g'alabani kutmagandim. Ikki jamoa ham zaxira tarkibida o'ynadi demagan bo'lardim. CHunki, ikki jamoada ham o'yinda asosiy tarkib futbolchilari ham tushishdi. “Surxon” tarkibini oladigan bo'lsak. Salomov, Stanoevich, Bubanya, Omonovdan tashqari qolgan futbolchilar asosiy tarkibda to'p surib kelgan yigitlar edi. Bugungi natija ko'rsatdiki, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Yigitlarimiz ishtiyoqidan juda xursandman. Aminmanki, biz mana shunday shijoat va ishtiyoqni saqlab qolsak, ko'zlagan maqsadlarimizga eta olamiz. CHempionat bilan birga, O'zbekiston Liga kubogi va O'zbekiston Kubogida imkonqadar marra cho'qqisigacha etib borish.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика