So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Davron Fayziev: “Taqdirga tan berib bo'lgandim” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Taqdirga tan berib bo'lgandim”

Jizzaxliklar ham oliy ligada jamoalar soni 16 taga ko'paytirilganligini katta xursandchilik bilan kutib oldilar.
“So'g'diyona” elitada jon saqlab qolish uchun oxirigacha bor kuchi bilan kurashganiga barcha guvoh bo'ldi. 12-o'rinni egallagan “Buxoro”dan atigi bir ochkoga ortda qoldi xolos. Endi bo'lsa, oliy ligada jamoalar soni oshirilgani tufayli “Andijon” singari “So'g'diyona” ham ishga yangicha ishtiyoq bilan munosabatda bo'ladi. O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonovning Andijonga qilgan tashrifi chog'idagi yig'ilishda keyingi mavsumda oliy ligada 16 ta jamoa ishtirok etishini malum qilganidan keyin “So'g'dyoina” bosh murabbiyi Davron Fayzievni tabriklash maqsadida unga qo'ng'iroq qildik. Tabiiyki, u bunday xushxabarni eshitib quvonchini ichiga sig'dira olmayotgan edi.  

“Mirabror Usmonovdan minnatdormiz”
-   Futbolimiz rahbari – Mirabror Zufarovich Usmonovning chiqargan qaroridan jizzaxliklarning boshi osmonga etdi. “So'g'diyona”ning oliy ligada qolganini eshitgan viloyatimiz aholisi, jamoamiz azolari va shu jumladan o'zim ham rosa quvonib ketdim. Buning uchun albatta u kishiga minnatdorchilik bildiramiz. Doim sog'-salomat bo'lsin. Futbolimiz tepasiga kelganidan keyin katta ishlarni amalga oshirdi. Bu yo'ldagi mehnatlarida doim omad tilaymiz va sira ham charchamasin. Nasib bo'lsa, yangi stadionning ochilishi bo'lib o'tadi. SHu bois biz ham Mirabror Zufarovichni Jizzaxga tashrif buyurishini kutib qolamiz. Ko'rdingiz, jamoamiz oxirgi turlargacha kurash olib bordi. Lekin biz uchun qiyin bo'lganligini hamma ko'rdi. Endi yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Nima bo'lganda ham “So'g'diyona”ning oliy ligada qoldirilishi viloyatimiz uchun chinakam baxtga aylandi. Negaki, keyingi yilni yangi ko'rkam stadionda birinchi ligada boshlash biz uchun noxush bo'lardi. Endi yanada jiddiy ishlashga bel bog'laymiz hamda qo'limizdan kelganicha yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Qolganiga esa vaqt oliy hakam.

“Oliy ligaga qaytishimizga ishonmagandim”
-   Bilasizmi, bungacha oliy ligadan tushib ketganimiz uchun taqdirga tan berib bo'lgandim. Nimagaki, har yili mavsum tugaganidan keyin oliy ligada 14 ta yoki 16 ta jamoa qatnashar ekan, degan turli gap-so'zlar paydo bo'ladi. Men esa ochig'i jamoalar sonining ko'paytirilishiga ishonmagandim. Murabbiy sifatida kuchlilar orasidan tushib ketganimizni tan olib bo'lgandim. Hozirgi xursandchiligimni hech kimga tasvirlab bera olmayman. Bunday quvonchli xushxabarni qanday nishonlashni faqat o'zim bilaman.

“Endi 1 dekabrdan ishni boshlaymiz”
-   Albatta, endi rejalar ham tubdan o'zgardi. 1 dekabrdan ishga kirishamiz. Bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi. SHuni yaxshi his qilgan holda tayyorgarlikka yanada jiddiy etibor qaratamiz. Birinchi ligaga tushib ketganimizni hisobga olib, aslida yangi yildan keyin tayyorgarlikni boshlamoqchi edik. Yangi mavsumda o'z o'yinimizni kuchaytirmasak bo'lmaydi. Ko'rkam stadionimizda chiroyli futbol namoyish etib muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. O'z maqsadimizga erishishimizga ishonaman. Barcha xato va kamchiliklarimiz ushbu yilda qolib ketishini istayman. Bizdan ishlash, mehnat qilish va to'xtab qolmaslik talab etiladi. Yoshlarga qo'rqmasdan ishonch bildirishda davom etamiz.

“Koblashga “Paxtakor” va “Nasaf” jiddiy qiziqyapti”  
-   Aleksandr Koblash bilan barcha hisob-kitob ishlarini ijobiy hal qildik. Uni yana biz bilan hamkorlik qilish niyati bor. Lekin futbolchimizga “Paxtakor” bilan “Nasaf” jiddiy qiziqib qolgan. Xattoki, eshitishimga qaraganda Koblash Qarshiga muzokara o'tkazish uchun ham borib kelgan. Uni jamoamizda olib qolish oson bo'ladi deb ayta olmayman. Ko'p narsa mablag'ga borib taqaladi.

“Biz ham yuqori o'rinlarga kurashishimiz kerak”
-   Jamoamizning ligada qolgani sababli ham klub rahbarlari ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishadi deb umid qilaman. Biz ham yuqori o'rinlar uchun kurashishimiz kerak. Buning uchun yaxshi shart-sharoitlar bo'lishi talab etiladi. SHu kunlarda rahbarlar bilan uchrashib yangi mavsum haqida gaplashishga kelishib olganmiz. Oldimizga qanday vazifa qo'yilishi o'sha suhbatda malum qilinadi.

“Oliy ligadan tushib ketishga loyiq emasdik”
-   Bu yil hech bir jamoaga yirik hisobda yutqazganimiz yo'q. Qolaversa, bu yil bizdan juda ko'p marotaba omad yuz o'girdi. Endi ana shu omadni jamoamizga qaytarishga urinishimiz kerak deb o'ylayman. CHunki ko'plab uchrashuvlarda mag'lubiyatga loyiq emasdik. Toshkentda “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga qarshi o'yinlarimiz ham shuni ko'rsatdiki, aslida oliy ligadan tushib ketishga loyiq emasdik. Birinchi davrada bor yo'g'i 7 ochko jamg'argandik. Ikkinchi davrada esa 17 ochko to'play oldik. Ayniqsa, mavsumning dastlabki qismida bir qator ochkolarni yo'qotdik. Bu ichki muammolarimiz tufayli shunday bo'ldi. Garchi ikkinchi davrada kurashgan bo'lsak-da, 17 ochko kamlik qilgani ko'rinib qoldi.

“Yangi stadionimiz mart oyida ishga tushadi”
-   Yangi stadionimiz keyingi yilning mart oyiga foydalanishga topshirilishga vada berilgan. Navro'z bayrami arafasida hammasi taxt bo'ladi. Aslida bu yil 1 sentyabrga bitkazilishi kerak edi. Biroq malum sabablarga ko'ra kamchiliklar yuzaga keldi. Keyin esa yangi mavsumning ochilish marosimini aynan chiroyli stadionimizda o'tkazishimizga vada berishdi.

FIRDAVSXON.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика