Davron Fayziev: "So'g'diyona"ning muammolari juda ko'p"
07 apr 2014 18:17
Yangiliklar

Davron Fayziev: "So'g'diyona"ning muammolari juda ko'p"
"Lokomotiv" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Muxlislar xursand bo'lishdi. Biroq jamoamiz mag'lub bo'ldi. To'rtta o'yinda 11ta gol o'tkazib yubordik. SHulardan 8tasini yaqqol o'z xatoimiz tufayli o'tkazib yubordik. Bugun ikkala jamoa ochiq futbol namoyish etdi. Xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. "Lokomotiv"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman", - deb gap boshladi Davron Fayziev.
Jamoa hali ham muammolardan qutulgani yo'q. Bu faqat bizning emas viloyatimiz muammosi. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik.
Jurnalistlardan ko'p narsani berkitdim, ochig'ini aytish vaqti keldi. Futbolchilar oldida juda katta qarzimiz bor. Ikki yil oldingi qarzlar hali ham bor. Biroq bu mag'lubiyatlarga bahona emas. Boshqa klubga o'tishni o'yladim, biroq men shu erda, mahalliy yigitlar bilan chiroyli o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz.
Uy o'yinlarini Zominda o'tkazayapmiz. U erga borishda ham qiyinchiliklar bo'lmoqda. "Dinamo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hamon o'zimga kelganim yo'q. "Omad hamisha kelavermaydi" degan maqol o'sha o'yinga juda mos edi.
Agar hozir jamoaga 10ta legioner olib kelish mumkin, to'g'risini aytaman shunday bo'lsa ham ular Jizzaxdan qochib ketishadi.
Men ham legioner chaqirishni, "Bunyodkor" yoki "Lokomotiv"dan kuchli futbolchini o'ynatishni istayman. Lekin mablag' bo'lmagandan keyin hozirgi futbolchilar bilan harakat qilishga majburmiz.
Jizzaxdagi stadion sentyabr oyiga tayyor bo'lishini aytishgandi, biroq o'sha vaqtga kelib maydon hali tayyor bo'lmaydi deb qo'rqaman. Jizzaxda futbol bor, bundan keyin ham, bo'ladi deb umid qilaman", - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar