So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Davron Fayziev: "So'g'diyona" ko'proq 4-3-3 taktikasida o'ynaydi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "So'g'diyona" ko'proq 4-3-3 taktikasida o'ynaydi"

So'g'diyona - Mashal 1:1 o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
-  Bugungi o'yin teng kurashlar ostida boshlandi. “Mashal” jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib, tahlil qilib o'rganib chiqqan edik. “Mashal” anchagina yaxshi shakllangan jamoa. Ular bejizga oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritmagan. Biz bugungi o'yingacha yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri bazi muammolarimiz ham yo'q emas. Muammo hammada bor. Ular vaqti soati bilan o'z echimini topadi. Menimcha bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. SHogirdlarim ko'rsatgan o'yindan 70-80 foizga ko'nglim to'ldi. Lekin natijadan emas. Negaki, hech qaysi murabbiy o'z uyida durrang o'ynashni yoki mag'lub bo'lishni sira ham hohlamaydi.Xavfli vaziyatlar haqida gapiradigan bo'lsam, raqibga nisbatan bizda ko'plab vaziyatlar tashkillashtirdik.

-  Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarning bugungi o'yindagi harakatlari sizni qoniqtirdimi?

-  Ularning harakatini muxlislar, mutaxassislar uchrashuv davomida kuzatib borishdi. Men ularga baho bera olmayman. Bir narsani ayta olaman: agar men bu yangi futbolchilarga ishonchim bo'lmaganda jamoada olib qolmagan bo'lardim.

-  Bugun ikkinchi bo'limda bir narsa ko'zga tashlandi: futbolchilar ko'p vaziyatlarda so'nggi qarorni qabul qilishda ikkilanib qolishmoqda.

-  Ha, buni o'zim ham kuzatdim. Bunga sabab, bizda yaqqol lider yo'q. O'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi yo'q. Jamoamiz asosan yoshlardan tarkib topgan. Biz asosan bor etiborimizni jamoaviy o'yinga qaratmoqdamiz. Kerakli vaziyatlarda, o'yin davomida futbolchilarga o'zim ko'rsatmalar berib borayapman.

-  Ushbu mavsumda qanday o'yin uslubini qo'llamoqchisiz?

-  Biz ko'proq 4-3-3 taktikasida to'p suramiz. Bu muxlisbop o'yin ko'rsata olishimizga yordam beradi.Futbolda ko'proq gollar bo'lishi kerak. Menga ko'proq shunday yo'nalish yoqadi. Men har doim o'z shogirdlarim o'yin davomida jarohat olguday bo'lsalar, vaqtni cho'zmay , tezroq turib harakat qilishlarini o'qtiraman. Futbolchilar o'zlari ko'rsatgan o'yinidan uchrashuvlardan so'ng rohatlanishlarini xohlayman. Men faqat hujumkor va ochiq futbolni yoqtiraman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика