So’nggi yangiliklar

18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  8 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  4 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  19 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0

Davron Fayziev: "Rahbariyatning etibori o'zgardi, ijobiy natija ham kelmoqda" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Rahbariyatning etibori o'zgardi, ijobiy natija ham kelmoqda"

"Dinamo" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugungi o'yinga jiddiy tayyorlangandik. Musobaqa jadvalidagi o'rnimiz bizni qoniqtirmayotgandi. Ahvolni yaxshilash uchun so'nggi imkoniyatlardan biri edi. Bugun g'alaba qozona olganimizdan xursandman. Hisobda oldinga chiqib olgach futbolchilarim hisobni ushlab qolishga urinishdi va o'yin uslubimiz ancha o'zgarib ketdi. Yigitlarga birinchi davrada Jizzaxda uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanini isbotlashimiz kerak degandim. Buni uddasidan chiqdik. Jamoaga kelgan yangi futbolchilar Quttiboev ham, Kablash ham menda yaxshi taassurot qoldirmoqda".

"Birinchi davrada biz bir kishi kam bo'lib qolgandik. Bugun esa "Dinamo" safida Asror Aliqulov chetlatildi. O'sha vaziyat mening oldimda sodir bo'ldi. O'sha vaziyatda Aliqulov tirasgini ishga solganini ko'rdim. Mutaxassis sifatida qizil kartochka to'g'ri berildi deb o'ylayman, hakamlarga bunday vaziyatlar uchun chetlatish kerakligi haqida tavsiya berishmoqda".

"Ikkinchi davrada 4 ochko oldik, davralar oralig'ida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Birinchi davrada ham biz shunday o'ynagandik. Biroq natija bo'lmagandi. Biz mehnat qilishda to'xtamadik, ijobiy natija kelmoqda. Rahbariyat tomonidan ham bizga bo'lgan etibor ancha yaxshilandi. Maqsadimiz jamoani elitada olib qolish va keyingi mavsum yangi stadionda aynan oliy ligada o'ynash", - deydi Davron Fayziev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика