So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Davron CHoriev: "Tojikiston Yaponiyaga etarlicha tashvish tug'dirdi" Yangiliklar

Davron CHoriev: "Tojikiston Yaponiyaga etarlicha tashvish tug'dirdi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ertaga, 3 fevral kuni Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi.

 Bahodir Ahmedov shogirdlari “B” guruhi 2-turi doirasida Tojikiston futzalchilariga qarshi bahs olib boradi.

Janubiy Koreyaga bilan bo'lib o'tgan bellashuvda xet-trik muallifiga aylangan Davron CHoriev O'FF matbuot xizmatiga bo'lajak o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

“Janubiy Koreyaga qarshi yaxshi o'yinimizni namoyish qila oldik. Ishonchli g'alabadan keyin jamoada ijobiy kayfiyat hukmronlik qilmoqda. Ertangi bellashuvga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Nasib qilsa, bu o'yinni ham g'alaba bilan tugatamiz.  



Aytish kerakki, so'nggi ikki yil ichida Tojikiston futzal termasining saviyasi ancha oshdi. Bo'lajak raqib bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganmiz, ularning nimalarga qodir ekanidan xabardormiz. Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvdan keyin Yaponiya va Tojikiston o'yinini sport majmuasidan turib kuzatdik. Ertangi raqibimiz Yaponiyaga etarlicha tashvish tug'dirganiga hamda jismonan baquvvat ekaniga guvoh bo'ldik.

Tojikistonga qarshi o'yin oson kechmaydi, buni hammamiz yaxshi tushunib turibmiz. Ammo oldimizga yuqori maqsadli vazifalar qo'yilgan va bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz. 2016 yili Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatida, 2017 yili Turkmanistonda bo'lib o'tgan Yopiq inshootdagi Osiyo o'yinlarida vice-chempion bo'ldik. Umid qilamanki, bu safar qita chempionligini qo'lga kiritamiz”, – dedi Davron CHoriev.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика